Pyotr Viktorovich Ernstedt (1890-yil 9-iyun (21-iyun) – 1966-yil 25-dekabr) – rus va sovet tilshunosi (ellinist va koptolog). SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1946).

Pyotr Viktorovich Ernstedt
Tavalludi 9-iyun 1890-yil
Gatchina, Sankt-Peterburg gubernatorligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 25-dekabr 1966-yil
Leningrad, Rossiya SFSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiSSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Koptologiya, ellinistika
Ish joylari Leningrad davlat universiteti
Institutlar Peterburg universiteti (1913)
Mashhur shogirdlari A. I. Elanskaya
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Pyotr Viktorovich Ernstedt 1890-yil 9-iyunda (baʼzi maʼlumotlarda 21-iyun) qadimgi filologiya va paleografiya boʻyicha mutaxassis, akademik Viktor Karlovich Ernstedt oilasida tugʻilgan[1]. 1913-yilda Sankt-Peterburg imperatorlik universitetini tugatgan[2]. 1918–1950-yillarda SSSR FA Leningrad Sharqshunoslik instituti (Osiyo xalqlari instituti), 1950–1954-yillarda esa SSSR Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti xodimi boʻlib ishlagan. 1935-yilda „Filologiya fanlari nomzodi“, 1941-yilda „Filologiya fanlari doktori“ ilmiy darajalarini olgan. 1946-yil 4-dekabrdan SSSR Fanlar akademiyasining adabiyot va til (kopt va yunon tillari) boʻlimining muxbir aʼzosi boʻlgan. Kopt tili boʻyicha 1959-yilda SSSR Fanlar akademiyasining nashriyoti bilan birgalikda bir nechta toʻplamlarni nashr ettirgan.

Pyotr Viktorovich Ernstedt kopt tili sintaksisi boʻyicha asarlar yozgan. U otasining shogirdi Grigoriy Tsereteli bilan birga SSSR toʻplamlarida saqlangan papirusdagi yunoncha matnlarni kataloglash va tahrirlash ustida ishlagan[3]. Ayrim asarlar hali ham nashr etilmagan.

Pyotr Viktorovich Ernstedt Leningrad va Oʻrta Osiyo davlat universitetlarida hamda SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida yunon va kopt tillari hamda paleografiyadan dars bergan. Uning shogirdlari orasida mashhur olim A.I.Elanskaya ham bor boʻlgan.

Pyotr Viktorovich Ernstedt 1966-yil 25-dekabrda Leningradda vafot etgan.

Asosiy ishlari tahrir

  • Pyotr Viktorovich Ernstedt: Pushkin muzeyining kopt matnlari (SSSR Fanlar akademiyasining nashriyoti; 215 sahifa; 1959-yil).
  • Pyotr Viktorovich Ernstedt: Ermitajining kopt matnlari (SSSR Fanlar akademiyasining nashriyoti; 191 sahifa; 1959-yil).
  • Pyotr Viktorovich Ernstedt: Kopt tili grammatikasi boʻyicha tadqiqotlar (Nauka; 660 sahifa; 1986-yil)

Mukofotlari tahrir

Pyotr Viktorovich Ernstedt „Hurmat Belgisi“ ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. „Петр Викторович Ернштедт (Эрнштедт)“. www.orientalstudies.ru. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.
  2. „Ернштедт Петр Викторович“. www.nekropol-spb.ru. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.
  3. Papyri Russischer und Georgischer Sammlungen. Bd. IV (Die Kome-Aphrodito Papyri der Sammlung Lichačev). Bearb. von P. Jernstedt. Tiflis, 1927; Bd. III (Spätrömische und byzantinische Texte). Bearb. von G. Zereteli u. P. Jernstedt. Tiflis, 1930; Bd. V (Varia). Bearb. von G. Zereteli u. P. Jernstedt. Tiflis, 1935.