Pyotr Geronovich Kim (1933-yil 4-aprel – 2001-yil 1-aprel) – sovet va oʻzbek tarixchisi, tarix fanlari doktori, professor.

Pyotr Geronovich Kim
Tavalludi 4-aprel 1933-yil
Vafoti 1-aprel 2001-yil(2001-04-01)
(67 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi tarixchisi, tarix fanlari doktori, professor
Yoʻnalish tarix
Mukofotlari

Tarjimai hol

tahrir

Kim Pyotr 19521957-yillarda Moskva tarix va arxiv institutini tamomlagan. U Partiya tarixi institutida katta ilmiy xodim, sektor mudiri, ilmiy kotib, Siyosiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari vazifalarida ishlab kelgan.

Oʻzbekiston tarixi arxiv ishi, manbashunoslik, tarixshunoslikka oid 100 dan ortiq asarlar muallifi. „Sharq haqiqati“, „Xalq soʻzi“, „Toshkent oqshomi“, „Kore Ilbo“ (Olma-Ota), „Dona Ilbo“ (Koreya Respublikasi) gazetalarida chop etilgan.

P. G. Kim 19912000-yillarda Oʻzbekiston Koreya madaniyat markazlari uyushmasi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi madaniyat va savdo sohalaridagi munosabatlarni rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan.

P. G. Kim „Oʻzbekiston Respublikasi koreyslari“ koʻrgazmasi va „Oʻzbekiston xalqlarining qardosh oilasida“ hujjatli film ijodkori.

Tarixchi olim 1993-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi koreyslari“ kitobi muallifi.

Tarix fanlari doktori Pyotr Kim 2001-yil 1-aprelda vafot etgan, Toshkentga dafn etilgan[1].

Mukofotlar

tahrir

1998-yilda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan yutuqlari va xizmatlari uchun "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan.

Havolar

tahrir
  1. „Место захоронения“. 2018-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.