Pyotr Li Sergeyevich (1931-yil, Primorsk viloyati, Mixaylovskiy tumani, Lipovka qishlogʻi[1]) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanidagi Mikoyan nomidagi kolxoz boʻlinmasi boshligʻi[2]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1950).

Pyotr Li Sergeyevich
Tavalludi 1931-yil
Vafoti Primorsk viloyati, Mixaylovskiy tumani, Lipovka qishlog'i
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Pyotr Li Sergeyevich 1931-yilda Mixaylovskiy tumani, Lipovka qishlogʻida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan. 1937-yilda Mixaylovskiy tumani, Lyalichi qishlogʻida yashagan. Oʻsha yili ota-onasi bilan birga O‘zbekiston SSRning Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. Quyi Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozida yashagan. 1948-yilda maktabni beshinchi sinfni tugatgan. Xuddi shu yili u komsomolga qabul qilingan. Quyi Chirchiq tumanida joylashgan Mikoyan nomidagi kolxozda ishlay boshlagan va 1949-yildan ushbu kolxozda dala boʻlinmasi boshligʻi boʻlgan.

1949-yilda Pyotr Li Sergeyevich boʻlinmasi 15 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 80,6 sentnerdan yashil kanop poyasi yigʻib olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1950-yil 13-iyundagi farmoni bilan „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yashil kanop poyasidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1949-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1950-yil bahorgi ekinlarni ekish uchun tayyorlash, ularni toʻliq miqdorida urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilgan.

Pyotr Li Sergeyevich keyingi yillardagi yuqori mehnat yutuqlari uchun 1951-yilda Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.
  2. „Герой Социалистического Труда Ли Пётр“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.