Pyotr Kiprianovich Ribalchenko (30-iyun (12-iyul), 1891 — 1937-yil 2-noyabr, Parij) — rus harbiy uchuvchisi, Birinchi jahon urushi qatnashchisi, 4-darajali Muqaddas Georgiy ordeni (1916) va qilichi sohibi (1917). Oktabr inqilobidan keyin Oqlar harakatida qatnashgan, Don armiyasida xizmat qilgan. Keyinchalik Fransiyaga ko‘chib o‘tgan va u yerda aviatsiyadagi xizmatini davom ettirgan.

Pyotr Kiprianovich Ribalchenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1891-yil 30-iyun (12-iyul)
Vafoti 1937-yil 2-noyabr (46 yosh)
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Rossiya Rossiya imperiyasi
Rossiya Oqlar harakati
Fransiya Fransiya
Unvoni Rus imperatori armiyasi podpolkovnigi Don armiyasi polkovnigi
Janglari Birinchi jahon urushi Rossiyadagi fuqarolar urushi
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Pyotr Ribalchenko 1891-yil 30-iyunda zodagon oilasida tug‘ilgan. 1908-yilda Toshkent kadet korpusini tugatib, Yelisavetgrad otliq askarlar bilim yurtiga o‘qishga kirgan.

1911-yil 6-avgustda Pyotr Kiprianovich ikkinchi darajali leytenant darajasiga ko‘tarilishi munosabati bilan bilim yurtidan ozod qilingan, 1910-yil 6-avgustda 20-artilleriya brigadasiga yuborilgan. Shu yilning 18-noyabrida 1-Turkiston oʻqchi artilleriya batalyoniga oʻtkazilib, 1912-yil 6-apreldan diviziya novvoyxonasi boshligʻi, 20-apreldan esa razvedka guruhi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1914-yil 31-avgustda Ribalchenko leytenant unvoniga ko‘tarilgan, buyruq 6-avgust sanasida chiqarilgan[1].

Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan Ribalchenko xizmat qilgan 1-Turkiston armiyasi korpusi frontga yuborilgan. 1915-yil 30-mayda Pyotr Kiprianovich RIVVF 15-aviatsiya otryadining kuzatuvchisi lavozimiga tayinlangan. 1915-yil 10-noyabrdan Sevastopol harbiy aviatsiya maktabida tahsil olib, shundan so‘ng 1916-yil 31-martda harbiy uchuvchi unvonini olgan. 1916-yil 1-iyulda Pyotr Kiprianovich 1-korpus aviatsiya otryadiga uchuvchi lavozimiga tayinlangan. Biroz vaqt o‘tgach, o‘sha otryadning texnik taʼminot qismi boshlig‘i lavozimini egallagan.

1916-yil 5-noyabrda Pyotr Kiprianovich 10-armiya aviatsiya otryadi taʼminot boshlig‘i bo‘lgan. 1917-yil 6-fevralda „buyruqni bajarmaganligi va diviziya komandiri bilan bahslashgani uchun“ Pyotr Kiprianovich 15-korpus aviatsiya otryadiga o‘tkazilgan va u yerda kichik ofitser lavozimini olgan. 1917-yil 25-fevraldan 18-korpus aviatsiya otryadida xizmat qilgan. 1917-yil 4-martda Ribalchenko shtab kapitanligiga ko‘tarilgan. 1917-yil 10-iyunda „aʼlo darajadagi jangovar xizmatlari uchun“ Ribalchenko yana 10-armiya aviatsiya otryadining boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 1917-yil 18-avgustda kapitan, 1917-yil 7-sentabrda podpolkovnik unvonini olgan. 1917-yil 10-noyabrda Kavkaz fronti qo‘shinlari aviatsiya inspektorining texnik vazifalar bo‘yicha yordamchisi etib tayinlangan.

Urush paytida Ribalchenko bir necha marta yaralangan. 1914-yil 30-avgustda oyog‘idan yaralanib, 1915-yil 8-mayda samolyotdan yiqilib tushgan va unga „butun tana umumiy kontuziyasi va miya chayqalishi“ tashxisi qo‘yilgan.

Oktabr inqilobidan keyin Pyotr Kiprianovich oqlar harakatiga qo‘shilgan. 1919-yil apreldan polkovnik unvoni bilan Don armiyasi aviatsiya boshlig‘ining jangovar va xo‘jalik ishlari bo‘limi yordamchisi bo‘lgan va 1919-yil avgust-sentabr oylarida vaqtincha Don armiyasi aviatsiya boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Keyinroq Fransiyaga ko‘chib o‘tgan va u yerda aviatsiyadagi xizmatini davom ettirgan. Bir muddat Parijdagi rus nogironlari uyining komendanti vazifasida ishlagan. 1937-yil 2-noyabrda Parijda vafot etgan.

Mukofotlari

tahrir

Pyotr Kiprianovich Ribalchenko quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan[2]:

  • 4-darajali Muqaddas Georgiy ordeni(1916-yil 21-noyabr holatiga ko‘ra eng yuqori darajali orden)
    „1915-yil 1-, 8- va 11-iyuldagi favqulodda xavfli vaziyatda jasoratli razvedka xizmati bilan Rossiyaning Betigola va Dembsk mintaqalarida dushman kuchlarining holati va yo‘nalishi haqida to‘g‘ri va muhim maʼlumotni bergani hamda 1915-yil 11-iyulda qo‘shinning chap qanoti atrofida katta dushman kolonnasining harakati haqida bergan muhim razvedka malumotlari  uchun ushbu orden bilan taqdirlangan. Ushbu maʼlumotlar tufayli rus janubiy qo‘shini zudlik bilan orqa pozitsiyaga chiqarilgan“;
  • Muqaddas Georgiy qilichi (10-armiya uchun 1917-yil 5-sentabrdagi № 1063-son buyruq)
    „1917-yil 9 va 21-aprelda juda noqulay atmosfera sharoitida dushmanning haqiqiy artilleriya va pulemyot o‘qlari hamda jangchilarning zarbalari ostida nemislarning chuqur orqa qismi Lida va Vilnaga kirib borib, xavfga qaramay, dushmanning orqa qanotiga shuningdek, temir yo‘l inshootlariga bir nechta bombalarni aniq yo‘llab dushmanga katta zarar yetkazgan; Shu bilan birga, uning samalyoti nemislarning artilleriya va pulemyot otishmasidan bir qancha zarar ko‘rib, katta teshiklar paydo bo‘lgan“.
  • 4-darajali Muqaddas Vladimir ordeni (1916-yil 25-avgustdagi holatga ko‘ra eng yuqori darajali orden) qilich va tasma bilan;
  • 3-darajali Muqaddas Anna ordeni, (1916-yil 11-dekabrdagi holatga ko‘ra eng yuqori darajali orden) qilich va tasma bilan;
  • „Jasorati uchun“ yozuvli 4-darajali Muqaddas Anna ordeni (1916-yil 30-oktabrdagi holatga ko‘ra eng yuqori darajali orden);
  • Qilich bilan 2-darajali Muqaddas Stanislav ordeni (10-armiyaning 1917-yil 8-sentyabrdagi № 1077-son buyrug‘iga muvofiq);
  • 3-darajali Muqaddas Stanislav ordeni, qilich va tasma bilan (1916-yil 3-mayda holatiga ko‘ra eng oliy darajadagi orden).

Manbalar

tahrir
  1. Высочайший приказ по военному ведомству от 31 августа 1914 года // Сборник высочайших приказов за июль-октябрь 1914 года. — С. 14.
  2. Авиаторы — кавалеры ордена Св. Георгия и Георгиевского оружия периода Первой мировой войны 1914—1918 годов: Биографический справочник. ISBN 5-8243-0661-3. 

Adabiyot

tahrir
  • Авиаторы — кавалеры ордена Св. Георгия и Георгиевского оружия периода Первой мировой войны 1914—1918 годов: Биографический справочник. ISBN 5-8243-0661-3. 

Havolalar

tahrir