Qadama, qadama naqsh — amaliy bezak sanʼatida naqsh, bezak yaratish usuli. Yogʻoch, metall buyumlarda boshqa xom ashyolar (mas, sadaf, suyak va boshqalar)dan qadab bezak hosil qilinadi (yana q. Xotamkori, Xotambandi). Shu usulda yaratilgan naqsh, bezak ham Q. deb ataladi. Mas, miskarlikda mis idishlar qimmatbaho tosh yoki ostiga rangli qogʻoz qoʻyilgan shisha bilan Q. usulida bezatiladi.