Qadamjon jome masjidi
Qadamjon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Qadamjon jome masjidi
Qadamjon | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻstonliq |
Manzil | Burchmulla qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Zarafshon mahalla fuqarolar yigʻini |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Farrux domla Kurganov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirQadamjon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Burchmulla qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Zarafshon mahalla fuqarolar yigʻini, Chorvoq suv ombori boʻyida joylashgan[2]. Mazkur masjidga Burchmulla qishloq fuqarolar yigʻini, Zarafshon mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Namuna mahalla fuqarolar yigʻini, A. Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Yakka tut mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi qoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini, Ergash aka mahalla fuqarolar yigʻini, Bogʻbonlar mahalla fuqarolar yigʻini, Ergash ota mahalla fuqarolar yigʻini, Uychilar mahalla fuqarolar yigʻini, Saylgoh mahalla fuqarolar yigʻini, Birlik mahalla fuqarolar yigʻini, Sportchilar mahalla fuqarolar yigʻini, Bobo dehqon mahalla fuqarolar yigʻini, Marhamat mahalla fuqarolar yigʻini, Mehmon mahalla fuqarolar yigʻini, Yuksaklik mahalla fuqarolar yigʻini, Chorvoq boʻyi mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Saitmurod domla Rahimberdiyev hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.60 gektar joyda 800 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan.
Tarixi
tahrirQadamjon jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1997-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „ҚАДАМЖОЙ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
- ↑ „Qadamjoy jome’ masjidi“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.