Madaniyat ildizi

tahrir
Ko'p asrlar davomida taraqqiy qilib kelgan qadimgi Hind madaniyati bir qator qo'shni xalqlar madaniyati rivojlanishiga kuchli tasir ko'rsatgan.Ko'plab diniy to'plamlar saqlanib qolganligi sababli qadimgi Hind xalqlarining dini to'g'risida ayniqsa yaxshi ma'lumotlarga egamiz.

Hindistonning eng qadimgi dini totemizmdan, tabiatni iloxiylashtirish, ota-bobolar ruxiga topinishdan boshlanadi. Vedalarda tabiatga sig'inish yaqqol aks etadi. Chunki vedalar tuzilgan vaqtda hindlar quyoshga sig'inganlar, Varuna nomi bilan osmonni iloxiylashtirganlar, muqaddas olovga (Agni), shuningdek momoqaldiroq xudosiga (Indra)ga sig'inganlar. Dexqonchilikning rivojlanib borishi bilan xosildorlik mabudasiga boʻlgan tasavvur paydo bo'la boshlagan. Uni xindlar Aditi deb ataganlar va unga Xindlar (xammaning onasi) deb nom ham berishgan. Qolgan xudolar esa Aditining farzandlati deb atashgan va shunga ishonishgan. Bu qadimgi tabiatga topinish qishloq jamoalariga xos boʻlgan. Qadimgi Hindistonda partiarxar oila xayoti bilan bog'langan olovga sig'inish ayniqsa keng tarqalgan. Ota sifatida olov uyning muqaddas boshlig'i xisoblangan. Xar bir oilada o'choq butun boshli xayotning bosh markazi boʻlgan.[1]

Kundalik hayotda bo'ladigan ehtiyojlar hindlarni juda qadimgi zamonlardayoq tabiatda bo'ladigan turli xadisalarni tartibli kuzatib borishga majbur qilgan. Meditsina, astranomiya va matematika sohasidagi bilimlar ana shu tariqa vujudga kelgan.[1]

Tibbiyot

tahrir

Sharqdagi boshqa xalqlarda boʻlgani kabi, qadmgi hindlarda ham fanni boshlang'ich formalari diniy etiqodlar va tasavvurlar bilan chirmashib ketgan. Shuning uchun tibbiyot to'g'risida eng qadimgi ma'lumotlar diniy Veda to'plamlarida, jumladan Rigveda madxiyalarida saqlanib qolgan. Kasalliklarning bazi bir umumlashtiruvchi nomlari ham paydo bo'la boshlaydi. Dori tayyorlash uchun ko'pincha dori o'tlaridan foydalanishgan. Tibbiyot sohasidagi bilimlarning to'planishi eramizning boshlarida tibbiyot sohasida dastlabki traktlarni vujudga kelishiga olib keldi.[1]

Astronomiya

tahrir

Bu sohada ham bir qancha bilimlar to'plangan. Quyoshni fazoda yurganday bo'lib ko'riniishini kuzatish, oy xarakati va fazolarini kuzatish, shuningdek oyning ma'lum yulduzlar orasida o'ziga xos kuzatish orqali quyosh va oy kalendarning formasini ishlab chiqishga imkon berdi. Bu kalendarga muvofiq yil 12oyga, shu bilan birga har bir oy 30 kunga bo'lingan. Kalendar yil bilan astranomiya yili o'rtasidagi tafovut qadimgi zamonlarda qo'shimcha, 13- oy yordami bilan to'g'irlangan.

Shu tariqa qadimgi Hindlar qadimgi Sharqning boshqa xalqlari bilan bir qatorda dunyo madaniyati xazinasiga katta xissa qo'shganlar.[1]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Avdiyev, I. Hind madaniyati — 705-bet.