Qal’ai Azizon masjidi

tahrir

Qiziltepa tumani Xoʻja Hasan QFY hududida Qal’ai Azizon ziyoratgohi bor. Bu yerda Muhammad Qosim Buxoriy Darvozai Obiyning maqbaralari mavjud.

Bu yerda Qal’ai Azizon jome masjidi 16 asrda qurilgan. Maʼlumki, Muhammad Qosim Hazrat Mavlono Kamoliddin Fagʻondeziy va Shoh Axsaviylardan taʼlim olgan naqshbandiya tariqatining piri murshidi hisoblanadilar. Muhammad Qosim 1660 yilda vafot qilganlar.

„Tuhfat az zoirin“ kitobida yozilishicha, Mavlono Muhammad Qosimning jasadlari Buxorodagi Pushtai Behishtiyon(hozirgi Dahmai Behishtiyon)da koʻmilganlar. Hazrat Shoh Axsaviy (vaf.1601) naqshbandiya tariqatining buyuk piri murshidi boʻlib, tariqat sabogʻini Mahmudi Aʼzam Dahbediydan olganlar. Qiziltepadagi Qal’ai Azizon ziyoratgohi Qiziltepaliklarning mablagʻlari va xalq hashari bilan qayta qurilgan va toʻliq taʼmirlangan.