Qalandar Tairov
Tairovich Qalandar Tairov — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Qalandar Tairovich Tairov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
15-mart 1923-yil Тoʻrtkoʻl tumani |
Vafoti | Aniq emas |
Siyosiy partiyasi | КPSS |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirQalandar Tairovich — 1923-yil 15-martda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanida dunyoga kelgan. Davlat va siyosat arbobi Tairov KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi, shuningdek, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi ham hisoblangan.
Iqtisodchi Tairov 1945-yildan 1992-yilgacha mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy yoʻnalishlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, ushbu yillar mobaynida olim. oʻquv boʻlimi mudiri; Toʻrtkoʻl qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash bilim yurti direktori; Qoraqalpogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari; Taxtakoʻpir, Beruniy tuman partiya komitetlarining birinchi kotibi; Markaziy partiya organlari boʻlimi mudiri; Oʻzbekiston Kompartiyasi Qishloq xoʻjaligi boʻyicha qoʻmitasi, tashkiliy partiya ishi boʻlimi mudirining birinchi oʻrinbosari; Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti umumiy boʻlim mudiri lavozimlarida xizmat koʻrsatgan.
Iqtisodchi olim shuningdek, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10-, 11- va 12-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
Qalandar Tairov 1992-yildadan keyin vafot etgan.
Havolalar
tahrir- Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: Oʻninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik maʼlumot). — T .: Oʻzbekiston, 1981. — S. 252.
- Xalq xotirasi
- GA RF R7523 105 152 "SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 26 avgustdan 27 avgustgacha qabul qilingan qarorlari va ularga materiallar / 14-sonli bayonnomaga / No 2075-VIII dan 2078-VIII gacha. . 7-jild