Qalb multfilimi(Soul) — bu 2020-yilda Pixar studiyasi tomonidan yaratilgan animatsion film hisoblanadi. Multfilm Pixar Animatsion Studiyasining taniqli rejissori va ijodiy direktori Pete Docter boshchiligida ishlangan va Kemp Powers bilan hamkorlikda yozilgan. Filmning asosiy mavzusi insonning shaxsiy orzularidan ko'ra hayotning go'zalligini his qilish, atrofdagi kichik narsalardan zavqlanish va bu uni baxtli qilishi mumkinligi haqidadir.

Asosiy qahramonlari

tahrir

Jo Gardner - Filmning bosh qahramoni. U Nyu-Yorkda musiqa oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi, lekin u professional jazz musiqachisi boʻlishni orzu qiladi. Jo oʻz orzulariga yaqinlashganda, baxtsiz hodisa tufayli uning ruhi tanasini tark etadi va ruhlar dunyosiga tushadi.

22 - yana bir asosiy qahramonlardan biri hisoblanadi. Ruhlar dunyosida hali tugʻilmagan ruhlardan biri. U Yerga borishdan va inson boʻlishdan qoʻrqadi. Sababi u Yerda hayotning maʻnosini topa olmasligiga ishonadi.

Dorothea Williams - taʻsirchan ijrosi va kuchli xarakterga ega mashhur jazz musiqachisi. Jo uning guruhiga qoʻshilish imkoniyatiga ega boladi va uning hayotidagi muhim burilishlardan biriga aylanadi.

Terry - U ruhlar dunyosida ishlaydigan xodim boʻlib, yoʻqolgan ruhlarni topish va hisob-kitob qilish uchun masʻul boladi. U Jo Gardner ruhining ruhlar dunyosidan qochganini aniqlaydi va uni qaytarishga harakat qiladi.

Libby Gardner - bosh multfilm qahramoning onasi. U oʻgʻlining musiqa orzulariga nisbatan yaxshi fikrda boʻladi, ammo undan hayotda boshqa yoʻnalishni tanlashini talab qiladi.

Hali tugʻilmagan ruhlar - Filmda koʻplab hali tugʻilmagan ruhlar mavjud boʻladi. Ularning har biri oʻziga xos xususiyatlarga va shaxsiyatlarga ega boladi. Ularga maqsadlarini topishda Ruhlar yordamchilari koʻmaklashadi.

Yoʻqolgan Ruhlar - bu ruhlar hayotda faqat bitta maqsadga yopishib olgan, oʻz his-tuygʻularini yoʻqotgan va kunlik faoliyatlarining taʻsiriga tushib qolgan ruhlardir. Filmda bu yoʻqolgan ruhlar xissiyotlarini yoʻqotganligi sababli hammadan ajralib qolgandek koʻrinadi.

Asosiy syujeti

tahrir

Jo Gardner hayotini jazz musiqasiga bagʻishlagan, oʻz orzulariga yetishishga harakat qilayotgan musiqachidir. U oʻzining hayotdagi eng katta orzusiga erishadi- mashhur jazz guruhida musiqachi boʻlish baxtiga yetadi. Ammo baxtsiz hodisa tufayli Jo oʻz hayotini yoʻqotadi va ruhlar olamiga tushib qoladi.

 U ruhlar olamida boʻlganida, u yerda u  22 ismli, hayotga tushishni hohlamaydigan ruh bilan tanishadi. Jo 22 ga hayotning goʻzalliklarini koʻrsatish, uning haqiqiy maʻnosini topishga yordam beradi. Ikki ruh birgalikda qiziqarli va hayajonli sayohatni boshlashadi. Bu sayohat davomida Jo oʻzining maqsadlarini qayta koʻrib chiqadi va hayotni har bir lahzasi qanchalik muhimligini 22 ga koʻrsatadi. Jo va 22 Yerga tushganda juda ham koʻp qiziqarli va esda qolarli voqealarni boshdan kechirishadi, bu esa 22 ruhining hayotga boʻlgan munosabatini oʻzgartiradi. U turli xil hissiyotlarni  va tajribalarni boshdan kechira boshlaydi. Bu esa uning Yerga tushish istagini kuchaytiradi.

Xulosa

tahrir

Qalb multfilimi hayotning ma'nosini, doʻstlik va oʻz-oʻzini anglash haqidagi savollarni o'rtaga qo'yadi. Film tomoshabinlarni hayotning go'zalligini va har bir lahzani to'liq his etishga chaqiradi. Bu esa multfilmning chuqur mazmunini yanada kuchaytiradi.

Fayl:Https://i.ytimg.com/vi/qxJcTtZp63E/maxresdefault.jpg

Havolalar

tahrir