Qamariddin Shayxov

oʻzbek jurnalisti

Qamariddin Qutbiddin oʻgʻli Shayxov (1992-yil 30-may kuni tugʻilgan) — oʻzbek jurnalisti.[1] Qalampir.uz internet nashri asoschisi[2] va bosh muharriri[3].

Qamariddin Shayxov
Tavalludi 30-may 1992-yil (1992-05-30) (32 yosh)
Fuqaroligi  Uzbekistan Oʻzbekiston
Kasbi Jurnalist
Mukofotlari “Shuhrat” medali

Tarjimai holi

tahrir

Qamariddin Shayxov 1992-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Otasi – Qutbiddin Abrorovich Shayxov (1955-yil 10-yanvarda tugʻilgan) tadbirkor. Onasi – Shayxova Muazzam Rizayevna (1958-yil 21-avgust kuni tugʻilgan) oʻqituvchi.

2015-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetinining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2017-yilning iyun oyida Qamariddin Shayxov Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi taklifi bilan Turkiyaning Istanbul, Anqara, Shonli-Urfa, Usmoniya shaharlariga safar qildi. U Shonli-Urfa, Usmoniya shaharlarida Suriya va Iroqdan kelgan qochoqlar uchun tashkil etilgan lagerlarga kirib bordi. Qochqinlar bilan suhbatda boʻldi. Shu kunning oʻzi Qamariddin Shayxov Usmoniya shahrida Prezident Rajab Toyib Erdoʻgʻan bilan uchrashdi va muloqot qildi.[4]

Mukofotlar

tahrir
  • 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga koʻra “Shuhrat” medali[5] va “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi”[6] esdalik nishoni bilan mukofotlangan.
  • XIII “Oltin qalam” milliy mukofoti xalqaro “Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlar haqidagi eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi gʻolibi.[7]
  • “Yilning eng faol jurnalisti – 2018” tanlovi sovrindori.
  • TURKSOY xalqaro turk madaniyati tashkilotining “Turksoy xalqaro media mukofoti - 2020” sovrindori.[8]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir

Instagram sahifasi

Facebook sahifasi