Qandahor tumani
Qandahor tumani yoki Dand tumani Afgʻonistonning Qandahor viloyatining markaziy qismida, Qandahor shahrini oʻrab turgan joyda joylashgan. Gʻarbda Panjvay tumani, shimolda Argʻandab tumani, shimoli-sharqda Shoh Vali Kot tumani va sharq va janubda Daman tumani bilan chegaradosh hisoblanadi. Aholisi 468200 nafar (2006). [1] Tuman markazi — Qandahor shahri hisoblanadi.
Kandahar District ولسوالی قندهار | |
---|---|
District | |
31°36′42.84″N 65°40′51.96″E / 31.6119000°N 65.6811000°E | |
Vaqt mintaqasi | UTC+ 4.30 |
|
Tarixi
tahrir2009-yil mart oyida Dand tumani markazi ikki Tolibon isyonchisi tomonidan hujum natijasida vayron qilingan edi. 2009-yil dekabr oyida u yer Qandahor viloyatini qayta qurish guruhining Tashqi ishlar departamenti va Kanada fuqarolik politsiyasi tomonidan qayta qurildi. [2] Qurilish loyihasi kanadaliklar tomonidan amalga oshirilgan ikkita yirik tashabbusdan biri edi (ikkinchisi Tahkta Pulda, Qandahor shahrining janubi-sharqida).
Tolibonning sobiq poytaxti Qandahor shahridan bir oz tashqarida joylashgan Dand tumani o'zlarining sobiq qal'asini qaytarib olish niyatida boʻlgan Tolibon hujumchilari uchun strategik ahamiyatga ega edi.
Ta'limi
tahrirDand tumanida 30 ta maktab mavjud. Xavfsizlik nuqtai nazaridan maktablarning yarmidan ko'pi yopildi, ammo 2011-yil mart oyidan boshlab hammasi qayta ochildi. Maktablarda 12 mingga yaqin talaba tahsil oladi. [3]
Boshqaruvi
tahrirDand tumani boshlig‘i Ahmadulloh Nazuk. Tumandagi milliy politsiya soni 350 tani tashkil etadi.
Eslatmalar
tahrir- Ba'zi veb-saytlarda bu tuman Dand tumani sifatida ko'rsatilgan. Dand tumani hozir shaharning bir qismi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Kandahar: Provincial profile“. 2010-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyul.
- ↑ Robinson. „Dand District to get increased security“. www.afghanistan.gc.ca. Government of Canada (2009-yil 8-aprel). 2013-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-yanvar.
- ↑ „Schools reopen in Dand District“ (2011-yil 19-mart). 2011-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-mart.