Qanoat (arabcha: قناعت) — qismatga rozi bo‘lish, taqdir etilgan narsalarga mamnun bo‘lish, jizzaki va shoshqaloq bo‘lmaslik, qo‘lidagiga rozi bo‘lish, o‘zgalarning moliga va haqiga ko‘z olaytirmaslik, yeyish, kiyinish va maskan ehtiyojini zarurat chegarasida saqlash, isrofga yo‘l qo‘ymaslik, tejamkorlikka rioya qilish, ochko‘z bo‘lmaslik. Mutasavviflar nazdida qanoat bitmas-tuganmas xazinadir. Qanoatkor shunday kishiki, berilgan neʼmatga ziyodasi bilan shukur qiladi, qo‘lga kiritgan neʼmatini boshqalarga ham nasib bo‘lishini istaydi. Oqil sufiy dunyo ishini qanoat bilan, oxirat ishini hirs va jahd bilan, din ishini aql bilan bajaradi[1][2][3][4][5][6][7][8].
- ↑ Hakim Termiziy. Navodir al-usul. - Bayrut, 2010; Xdkim
Termiziy.
- ↑ Xatm al-avliyo. - Bayrut, 1965
- ↑ Kalobodiy, Аbu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. - Qohira, 1994;
- ↑ Аbu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. - Qohira, 1960;
- ↑ Hujviriy. Kashf al-mahjub. - Misr, 1974. T.N .;
- ↑ Shihobuddin Suhravardiy. Аvorif al-maorif. - Bayrut, 1992; Lisoniddin
- ↑ Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. - Qohira, 1966; Muhammad
- ↑ Аnvar Badaxshoniy. Аkidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.