Qaraqalpaqstan (oʻzbekcha: Qoraqalpogʻiston) — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvchi mahalliy telekanal. Qoraqalpogʻiston respublikasi hududida efir uzatadi. Sutkada 18 soat faoliyat yuritadi, efir asosan qoraqalpoq tilidadir, qoʻshimcha oʻzbek, qozoq va rus tillarida ham koʻrsatuvlar berib boradi. Qoraqalpoq tilida efirga uzatuvchi eng keksa va eng katta telekanaldir. Telekanalning bosh binosi Nukus shahrida joylashgan.

Qaraqalpaqstan
Qoraqalpogʻiston
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Teleradiokompaniyasi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti sutkada 18 soat
Namoyish hududi Qoraqalpogʻiston Qoraqalpogʻiston
Til(lar)i qoraqalpoqcha, oʻzbekcha, qozoqcha, ruscha
Boshqaruv markazi Nukus, Doʻstnazarov koʻchasi 20-uy
Mazmuni universal
Efirga chiqqan 1964-yil 5-noyabr
Tomoshabinlar taxminan 2 million kishi
Egasi Qoraqalpogʻiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
Rahbarlari Nazira Jaqsimuratova (direktor v.b.)
Aloqador telekanallar Oʻzbekiston MTRK kanallari
Sayt www.mtrk.uz

Tarixi tahrir

Qoraqalpoq televideniyesining ilk dasturlari 1964-yil 5-noyabrdan qoraqalpoq va rus tillarida kuniga bir necha daqiqadan efirga uzatilishni boshlagan. 1965-yildan ushbu televideniye haftasiga toʻrt marta 2,5 soatdan efirga uzatish imkoniyatiga ega boʻlgan. Keyingi yillarda efir soatlari va kunlari uzaya boshlagan. Oʻzbekiston mustaqillik eʼlon qilganidan soʻng Qoraqalpogʻiston televideniyesi Oʻzbekiston DTRK (hozirgi Oʻzbekiston MTRK) tarkibiga kirgan. 2002-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Teleradiokompaniyasi tashkil etilgan.

Yoʻnalishi tahrir

Telekanal yoʻnalishi universal. Telekanal efirida jamiyat, siyosat, ilm-fan, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi koʻrsatuvlar va dasturlar, milliy va xorijiy filmlar, seriallar va multfilmlar, yangiliklar uzatiladi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir