Qarilik kataraktasi
Qarilik kataraktasi (Cataracta senilis) — qariyalarning koʻz gavhari patologiyasi boʻlib, hayot davomida orttirilgan kataraktalarning juda koʻp uchraydigan koʻz gavhari kasalligidir. Bundan tashqari kataraktaning boshqa turlari ham aniqlangan:
- Asoratli katarakta (cataracta complicata) — turli umumiy kasalliklardan keyin paydo boʻladia katarakta,
- Shikastlanish kataraktasi (cataracta traumatica) — koʻzga zarb tegishidan paydo boʻladigan katarakta,
- Nurlar ta’siridan yuzaga keladigan katarakta — (ultrabinafsha, infraqizil, rentgen)kabi nurlarning zararli taʼsiri sababli paydo boʻladigan katarakta,
- Ikkilamchi kataraktalar (cataracta secundaria).
Qarilik kataraktasi | |
---|---|
Yoriq chiroq ostida diffuz yorug'lik ostida inson ko'zining kataraktasining kengaytirilgan ko'rinishi | |
Ko'z gavharining qariyalarda uchrovchi o'ziga xos kasalligi hisoblanadi | |
KXK-10 | H25-H26, H28, Q12.0 |
KXK-9 | 366 |
OMIM | va 116200 601371 va 116200 |
DiseasesDB | [1] |
MedlinePlus | 001001 |
Hayotda orttirilgan kataraktalar awal bir koʻzda, keyin esa ikkinchi koʻzda paydo boʻladi. Qarilik kataraktasida loyqalanish koʻpincha gavharning poʻstlogʻida paydo boʻlib turadi va bunday holatga kulrang kataraktasi (Cataracta corticalis) deyiladi. Loyqalanish yadrodan boshlanadigan (Cataracta nuclearis) yadro kataraktasi kamroq uchraydi[1].
Klinikasi
tahrirQarilik kataraktasining 4 xil klinik davri bor:
- Boshlangʻich katarakta (Cataracta incipiens).
- Yetilmagan katarakta (Cataracta nondum matura).
- Yetilgan katarakta (Cataracta matura).
- 0ʻta pishgan katarakta (Cataracta hypermatura).
Qarilik kataraktasining gavhar kortikal qismidan boshlanadigan turi birinchi davrda loyqalanish gavharning periferik ekvatoriga, kortikal qavatning oldi yoki orqa xaltasiga yaqin qismdau juda nozik nuqta yoki chiziqlar shaklida boslilanadi va radial yoʻnalish olib, gavharning oldi yoki orqa qutbida, keng tomoni esa eksvator tomonda yotadi. Bular qorachiq kengaytirilganda yonidan nur tushirib qaralganda oq kulrang nuqta va chiziqlarga oʻxshab koʻrinadi. Nur yurgizib qaralganda esa, qizgʻish satlida qora tus olib koʻrinadi. Loyqalanish juda kamdan-kam qorachiq markazda — yadro oldi, yo orqasi, kortikal qavatlaridan birida paydo boʻladi. Bunda diffuz oq kulrang boiib koʻiinadi. Loyqalanishning ekvatordan boshlanadigan variantida koʻzning koʻrishi uzoq vaqtgacha oʻzgannaydi, ikkiuclii yadro variantida esa koʻrish tez pasayadi va bemor koʻzi oldida yengil tuman paydo boladi. Hozirgi vaqtda gavharda loyqalanishning birinchi variantini koʻrgan oftalmolog tezlik bilan uni roʻyxatga olib, konservativ davolashni boshlashi zarur. Bemorga boshlangʻich katarakta to ʻgʻrisida m aʼlumot berib, unga profilaktikaning ahamiyatini tushuntirib bersa va bemor erta davolana boshlasa natija yaxshi boʻladi. Hatto qarilik kataraktasining oldini olish uchun 40 yoshdan oshgan odamlarda ambulator profilaktik tekshirishlarni oʻtkazish mumkin[2].
Maʼlum vaqt o4gach har bir bemorning immun holatiga qarab (2-4 yil ichida) kataraktaning birinchi boshlangʻich davridagi oʻzgarishlar m aʼlum darajaga yetgach, uning ikkinchi davri pishmagan davriga oʻtadi. Loyqalangan chiziq — tolalar qalinlashib, bir-biri bilan aralashib qorachiq zonasiga yetib keladi va ular biroz shishadi, yadro atrofiga tarqaladi va koʻrishni pasaytiradi. Tolalarning shishuvi gavhar membranasining koʻz ichi suyuqligidan suvni koʻproq gavhar tarkibiga oʻtkazib suvlanishidan boʻladi. Bu 2-davr — pishmagan kataraktaning klinik simptomlari, birinchidan* oldi kamera chuqurligining kichrayishi, ikkinchidan, gavharning hamma tola (kortikal qavati)larining to ʻliq loyqalanmagani munosabati bilan yonidan nur tushirib qaraganda, qorachiq qirrasi ostida oʻroqsimon soya paydo boʻlishi, uchinchidan, koʻrishning anchagina pasayishidadir. Koʻrish 0,1-0.2 ga teng boMishi mumkin. 3-davr kataraktaning pishgan, yetilgan davri (cataracta matura) deyiladi. Bu davrda gavhar membranasi o ʻtkazuvchanligi teskari, tashqi tomonga yurib o ʻtib, undan suv qisman chiqib ketishi natijasida gavharning hajmi biroz kichrayib, boshlangʻich davridagi oʻz holiga qaytadi. Shuning uchun oldi kamera yana normal holiga keladi. Gavharning toʻliq loyqalanganidan rangdor pardaga oid qorachiq qirrasi yonidagi oʻroqsimon soya ham yoʻqoladi. Koʻzning buyumlar shaklini ajrata bilish qobiliyati ham (gavhar to ʻliq loyqalanganidan) y o ʻqolib, k o ʻzning faqat yorugʻlik sezish qobiliyatigina saqlanadi. Odatda katarakta operatsiyasi gavharning toʻliq loyqalanish davriga to ʻgʻri kelsa, massalar va yadrolarini gavhar qobigʻidan yuvib oson ajratib olsa boʻladi. 4-davr kataraktaning oʻta pishib yetilgan davri (cataracta hypermatura) deyiladi. Bunda, birinchidan, loyqalangan tolalar aralashib bir xil loyqalangan massa kulrang tusga kiradi. Ikkinchidan, gavhar kichrayib, oldi kam era chuqurlashadi. Uchinchidan, koʻz soqqasi harakatlanganda rangdor parda (gavhar kichrayganidan) shamolda eshik pardasiga o ʻxshab silkinib qimirlaydigan boʻladi. Bu iridodonesis deyiladi. Koʻz kichraygan yadro yoni atrofidan koʻra boshlaydi. Bu katarakta oʻta pishgan davri klinik simptomlari oʻzgarishining birinchi variantidir. 2-variantida esa gavhar suvlanib, tolalarining toʻla loyqalanishidan soʻng kortikal moddalar suyuqlanib, oppoq sutga o ʻxshab qoladi. Uning yadrosi pastga choʻkib tushib, koʻz qimirlaganda oq sujoiqlik ichida sargʻish yadro har yoqqa siljib yuradi. OCha pishib yetilgan kataraktaning bu ikkinchi varianti oppoq, suyuq bolgani uchun „sut kataraktasi“ deyiladi. Buni birinchi marta Morgan yozib chiqqani uchun Morgan kataraktasi deyiladi.
no data <90 90–180 180–270 270–360 360–450 450–540 | 540–630 630–720 720–810 810–900 900–990 >990 |
Katarakataga mubtalo boʻlgan bemorlar koʻzi gavharning kortikal moddalarida loyqalanib paydo boʻlgan nayzalarning markazgacha oʻsgan ingichka uchlari qorachiq qirrasidan o ʻrtaga picha oʻtganda seza boshlaydilar. Ular koʻziga bir narsa halaqit berayotgani uchun uni qayta-qayta artib, bu noxush sezgidan qutulmoqchi b o ʻladilar. Lekin iloj bo4lmagach, oftalmologga murojaat qiladilar. Oftalmolog odatdagi tekshirish usullarini qoʻllab, sinchiklab tekshiradi va boshlangʻich katarakta tashxisini qoʻyib, bemorni ro ʻyxatga oladi va davolash usullari rejasini bemorga tushuntiradi.
-
8 yoshli bolaning chap ko'zining orqa qutb katarakti
-
70 yoshli erkakning yadro sklerozi katarakti
-
60 yoshli erkakning kortikal kataraktasi
-
Kortikal kataraktning retroilluminatsiyasi
-
1-tur qandli diabet bilan og'rigan 16 yoshli qizning orqa subkapsulyar kataraktasi
-
55 yoshli erkakning intumescent kataraktasi
-
Orqa soyaga ega oldingi subkapsulyar katarakt
-
Retroilluminatsiya orqali posterior subkapsulyar katarakt
-
60 yoshli ayolning yadro sklerozi va posterior qutb katarakti
-
60 yoshli erkakning zich oq yetuk katarakti
-
Erkak melanodermaning kortikal katarakti
Kataraktaning ikkinchi dovrida esa bemorlar odatda koʻzoynaklarsiz yaqindan k o ʻradigan bo4lganiga hayron boʻlib, oftalmologga xursandchilik bilan xabar qiladilar. Vrach bemorga qarilik kataraktasiga uchraganini tushuntirib dori-darmonlar tayinlaydi. Nima uchun kataraktaning 2-davrida bemor yaqindan koʻradigan boʻladi? Chunki uning koʻz gavhari suvlanib qalinlashib fokusi qisqarganidan miopiya paydo bo4ladi. Kataraktaning ikkinchi davrida loyqalanish gavharning hamma joyida bir xil bo4lmaydi va nur sindirish qobiliyati ham turlicha boʻladi. Shuning uchun monokulyar poliopiyam, yaʼni bir koʻz bilan qaraganda lampaning 2-3 ta boʻlib koʻrishiga tushuna olmay bemor yana mutaxassisga boradi. 3-davrda esa, bemor koʻzida xiralanish zoʻrayib ketadi va buyumlar shaklini ajrata olmay qoladi. Yaqin odamlarini ham, ulaming qoshkoʻzini ham ajrata olmay qolgach juda hayajonlanadi. Bemor bundan iztirob chekadi, koʻpincha qattiq ta ’sirlanib, hatto qon bosimi koʻtariladi. Ayniqsa, agar ikkinchi koʻzda ham katarakta boshlanib xiralangan boʻlsa, xafsalasiz bemor davolanishga uncha shoshilmasdan „ikkinchi koʻzim koʻryapti-ku“ deb yuraversa, 4-davr boshlangach, yadro atrofi yupqalashib soʻrilgach, kataraktali koʻrmaydigan koʻz koʻra boshlaydi. Unda bemor suyunib, biroz qiyshiqroq qarab „mana koʻzim koʻryapti“ deb yurishi ham mumkin edi. Lekin hozirgi vaqtda respubhkamizning hamma viloyat, shahar va tum anlarida yaxshi jihozlangan k o ʻz shifoxonalari, k o ʻz kasalliklari kabinetlarida malakah shifokorlar ishlab turibdi. Agar bemorlar koʻz kaseilliklari boshlanishi bilan kechikmay oʻz vaqtida ularga murojaat qilsalar bunday xastaliklardan forig4 boʻladilar. Kortikald kataraktaning gavhar ekvatoridan boshlanib, uzoq davom etib, ko4rishga tez vaqt ichida xalaqit bermasligidan bemorlar kechroq xabar topadilar. Shuning uchun 40-50 yoshdan oshgan odamlarni profilaktik nazoratdan o4tkazishni tashkil qilishning ahamiyati katta.
Manbalar
tahrir- ↑ M.N. Hamidova. Koʻz kasalliklari, 2006, Toshkent: Zar - qalam — 198-199-bet.
- ↑ Hamidova M.N.. {{{title}}}, 2006, Toshkent: Zar - qalam NMIU — 199-200-bet.
- ↑ „Death and DALY estimates for 2004 by cause for WHO Member States“ (xls). World Health Organization. who.int (2004).