Qariqizmurakkabguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik begona oʻglar turkumi. Yevrosiyoning moʻʼtadil ikdimli mintaqalarida 10 turi maʼlum. Oʻzbekistonda uchraydigan bir yillik yalangʻoch urugʻli Q. turi (А.1эю$регцҳп ]ххг е1. 8эг§.)ning poyasi tik, olabula qirrali, xira qizgʻish, serbarg. Boʻyi 60—150 sm, barglari yirik, bandli, usti yashil, osti kulrang momiq tukli. Ildiz oldi barglarining boʻyi 50 sm gacha, yuraksimon. Oʻrama barglari uchi bigizsimon. Gullari toʻq qizil naysimon, ikki jinsli, savatcha toʻpgul hosil qiladi. Q.larning yosh ildizlarida uchraydigan inulin moddasi (oshlovchi modda hamda efir moyi ham mavjud) xalq tabobatida terlatuvchi, siydik haydovchi vosita. Chorvachilikda yemxashak sifatida ishlatiladi. Tashlandiq (zax va soya) yerlarda, yoʻl yoqalarida oʻsadi. Urug'larida 25-30% yog' mavjud. Ildiz tarkibida inulin, efir moylari, yog'li moy, taninlar, stigmasterol, sitosterol, achchiqlanish, oqsil, yog 'kislotalari: stearik, palmitik mavjud.