Qarmatlar davlati (h. 281-470 / m. 894-1078). Suriya, Iroq, Bahrayn, Yaman va Xurosondagi badaviylar, dyehqonlar va hunarmandlar harakati. Qarmatlar aqidasi shialarning ismoiliylik oqimiga mos edi. Ular oʻzlarining rahbarlari dyeb Ali va Fotimadan boʻlgan ismoliylar rahnamolarni eʼtirof etishardi. Harakat rahbarining nomi hyech qachon aytilmagan va buzgʻunchilardan birortasi oʻzining rahbari kim ekanini bilmay jon byergan. Ular qoʻzgʻolon koʻtarish va odamlar ongini zaharlash uchun barcha yerlarga „doiy“larini (daʼvatchilar) yuborishgan.

           Qarmatlar davlati hukmdorlari:

       

t/r Hukmdorlar hijriy milodiy
1. Abu Said Hasan ibn Bahrom Jannobiy 273/281-301 886/894-913
2. Abulqosim Said ibn Abu Said 301-305 913-917
3. Abu Tohir Sulaymon ibn Abu Said 305-332 917-944
4. 4.         Abu Saidning 4 oʻgʻli:

1. Abu Mansur Ahmad

2. Abulqosim Said

3. Abul Abbos Fazl

4. Abu Yaʼqub Yusuf va

Sabur ibn Abu Tohir Sulaymon

332-351

944-962

5. Hasan ibn Ahmad ibn Abu Said va

Abu Ali Aʼsom

351-361 962-972
6. Abu Yaʼqub Yusuf 361-366 972-977
7. Abu Said Hasanning 6 nyevarasi birgalashib boshqargan 366-470 977-1078

470 (m. 1078) yili Qarmatlar davlati poytaxti Ahso shahrini Banu Murra

arablari bosib oldi.

           Qarmatlarning birinchi isyoni 890 yili Iroqdagi Vasitda boʻlib oʻtdi. Isyon rahbari Hamdon Qarmat edi. Ular qoʻlga kiritgan mulkning 1/5 qismini xazinaga olishardi. Qolgani birodarlik uyushmasi aʼzolari orasida taqsimlangan.

           894 yili Bahraynda qarmatlarning yirik qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 899 yili ular Ahso shahrini egallashdi. U shahar kyeyinchalik Bahraynda bir yarim asr faoliyat koʻrsatgan qarmatlar davlatining poytaxtiga aylandi.

           900 yilda qarmat doiysi Zikravayh Suriya sahrolarida yashovchi badaviylarni isyon qilishga chaqirdi. Isyon butun Suriya va Quyi Iroqni qamrab oldi. Qarmatlar 901 yili Damashqni qamal qilishdi. Bu tartibsizliklar 906 yili abbosiylar tomonidan bostirildi. Lyekin qaramatlar X asr davomida Suriya va Falastinda abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirishdi.

           902 yildan boshlab X asrning 40-yillarigacha Xuroson va Movarounnahrda qarmatlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi, jumladan 907 yili Hirotda.

           Qarmatlar 930 yilda haj mavsumida Makkaga hujum qilib, 30 mingga yaqin kishini oʻldirishdi va qurbonlik uchun olib borilayotgan chorvalarni talashdi. Kaʼbani vayron qilib qora toshni Bahraynga olib kyetishgan. Ular qora toshni 20 yildan soʻng Fotimiy hukmdor Mansurning (946-953) talabidan soʻng Makkaga kyeltirib byerishgan.  

           Qarmatlar davlati poytaxti Ahsoni ziyorat qilgan ismoiliy Nosir Xusrav X asrdan byeri mavjud boʻlgan Bahrayndagi qarmatlar jamiyatini quyidagicha tasvirlaydi: „Bahraynning asosiy aholisi ozod dyehqonlar va hunarmandlardan iborat. Ulardan birortasi hyech qanday soliq toʻlamaydi. Davlat boshida 6 nafar boshliq va ularning 6 ta yordamchisi turadi. Davlat 30 ming zanjiy va habash qullarga ega. Ularni dala va bogʻlarda ishlatishadi. Bu quldorlikni yana yoyishga oʻxshaydi. Muhtoj dyehqonlar va hunarmandlarga umumiy xazinadan qarzlar byeriladi. Qoʻshin 20 ming kishidan iborat. Bahrayn qarmatlarining masjidlari yoʻq, ular umuman namoz oʻqishmaydi, roʻza tutishmaydi, oʻzlari bilan birga yashayotgan boshqa dindagilarga nisbatan yaxshi muomilada boʻlishadi.“

Adabiyotlar

tahrir

"Sharqning mashhur sulolalari" (Sh. Vohidov, A.Qodirov, Akademnashr, 2013-yil)