Qaroqchitogʻ
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qaroqchitogʻ — Nurota togʻlarining jan.tarmoqlaridan biri. Janubiy sharqdan shimoli-gʻarbga 40 km ga choʻzilgan. Eni 10–15 km. Oʻrtacha balandligi 700–800 m, eng baland joyi 1103 m. Janubiy dan Zarafshon daresi, shimolidan Sangzor — Nurota botigʻi bilan chegaradosh. Shimoli-gʻarbda Oqtov, janubi-sharqda Gʻubdin togʻlaridan Zarafshon daryosining oʻng irmoqlari bilan ajralgan. Uning shimoliy gʻarbiy qismida Zarafshon daryosining oʻng irmoqlaridan biri Sagʻanaq koʻndalang kesib oʻtgan. Yon bagʻirlari koʻplab quruq soy va jarliklar bilan kesilgan. Paleozoy davri slanets, qumtoshlaridan tashkil topgan antiklinal strukturadir. Iqlimi kontinental. Boʻz tuproklarda dasht oʻsimliklari tarqalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |