Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti

Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti – Qarshi davlat universitetining fakultetlaridan biri[1][2]. 1977-yilda Qarshi davlat pedagogika instituti tarkibidagi fakultet sifatida foliyatini boshlagan. Fakultetda 8 ta bakalavriat, 2 ta magistratura yoʻnalishlari mavjud. Fakultet binosi M-39 yoʻlining yoqasida joylashgan. 800 nafar talabalar tahsil oladi.

Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti
Asos solingan sanasi
  • 1956-yil (Filologiya boʻlimi sifatida)
  • 1977-yil (Filologiya fakulteti sifatida)
Rektori Dilmurod Nabiyev
Dekani Baxtiyor Rizayev
Tili oʻzbek tili
Veb-sayti Fakultet veb-sayti

Tarixi

tahrir

Fakultet 1956-yilda Qarshi davlat pedagogika institutining Tarix-filologiya fakultetining filologiya boʻlimi sifatida faoliyatini boshlagan. 1977-yili Tarix-filologiya fakultlari mustaqil 2 ta fakultga boʻlinib, oʻzbek filologiyasi fakultetiga aylantirilgan. Fakultetga rus yoʻnalishlar ham qoʻshilgach, fakultet nomi „Filologiya fakulteti“ nomiga oʻzgartirilgan.

Taʼlimi

tahrir

Hozirda fakultetda bakalavriat taʼlim bosqichi uchun „Filologiya va tillarni oʻqish (oʻzbek)“, „Ona tili va darajasi(rus)“, „Folklorshunoslik va shevashunoslik“, „Kutubxona-axborot ishlari“, „Amaliy filologiya“, „Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: oʻzbek tili“ yoʻnalishlari, magistratura taʼlim bosqichi uchun esa, „Lingvistika (oʻzbek tili)“, „Lingvistika (rus tili)“ yoʻnalishlari mavjud.

Fakultetga oʻqish uchun kirish imtihonlari har yili Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ona tili va adabiyoti hamda chet tillari boʻyicha oʻtkaziladi.

2021-yilda fakultet universitetning asosiy binosidan, universitet akademik litseyining sobiq binosiga koʻchirilgan. Fakultet binosining yonida talabalar turar joyi ham mavjud boʻlib, 100 oʻringa moʻljallangan[3].

Kafedralar

tahrir

Fakultet „Oʻzbek mumtoz adabiyoti“, „Oʻzbek tilshunosligi“, „Rus tili va adabiyoti“, „Oʻzbek tili va adabiyoti“, „Yangi oʻzbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi“ kabi 5 ta kafedraga boʻlinadi.

Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasi

tahrir

Kafedra 1964-yilda „Adabiyotshunoslik“ kaderasi sifatida faoliyatini boshlagan. Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyevning 2023-yil 17-may kunidagi buyrugʻiga asosan, „Adabiyotshunoslik“ kaderasi oʻrnida „Oʻzbek mumtoz adabiyoti“ kafedrasi tashkil qilingan. Kafedra oʻqituvchilari tomonidan 1 ta darslik va 5 ta oʻquv qoʻllanmalari fakultet uchun darslik sifatida joriy etilgan[4].

Kafedra ilmiy faoliyati doirasida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Termiz davlat universiteti kabi oliygohlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

Kafedra mudiri – Nafas Shodmonov, filologiya fanlari doktori, professor. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil avgustdagi farmoniga muvofiq, „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan[5].

Ilmiy kengash

tahrir

Kafedraning qoshida 2018-yilda Ilmiy kengash oʻz faoliyatini boshlagan. Oʻzbekistonlik 150 ga yaqin ilmiy tadqiqotchilar ilmiy kengashda filologiya fanlari doktori va filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiyalarini yoqlagan.

Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi

tahrir

Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi 1956-yilda institut tarkibida faoliyatini boshlagan. 1963-yildan 1964-yilgacha kafedraga oʻzbek adabiyoti kafedrasi qoʻshilganligi sababli, kafedra shu 2 yil mobaynida „Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi“ deya nomlangan. Kafedarada har yili „Oʻzbek tilshunosligining dolzarb masalalari“ ilmiy toʻplami chop etiladi.

Kafedra Rossiya fanlar akademiyasi huzuridagi Turkologiya boʻlimi, Moskva davlat lingvistika universiteti, Chelyabinsk davlat universiteti, Turkiya respublikasi fanlar akademiyasining Turkologiya boʻlimi, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, Oʻzbekiston milliy unversiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat pedagogika institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan[6].

Kafedra mudiri – Nilufar Yuldosheva, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Rus tili va adabiyoti kafedrasi

tahrir

Kafedra 1996-yili institutning rus tilshunosligi kafedrasi, rus va chet el adabiyoti kafedrasi, rus tili va adabiyoti oʻqitish metodikasi kafedrasi, rakultetlararo rus tili kafedralarini qoʻshilishidan tashkil topgan.

Kafedra Belgorod davlat milliy-tadqiqot universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Nijniy Novgorod davlat universiteti, Turkiyaning Niyde Oʻmer Halisdemir universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Jizzax davlat universitetlari bilan ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

Kafedra mudiri – Dilfuza Pardayeva, filologiya fanlari boʻyicha falsafa dotori, dotsent[7].

Rus tili va madaniyati markazi

tahrir

2018-yilda Qarshi davlat universiteti hamda Belarus davlat universitetlari oʻrtasida Rus tili va madaniyati markazini tashkil etish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolangan. Memorandum boʻyicha, talabalar almanishinui yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi

tahrir

Kafedra 2019-yil 10-dekabrdagi universitetning kengash qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili adabiyot va folklor instituti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Buxoro davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti hamda Termiz davlat universitetlari bilan hamkorlik olib boradi[8].

Yangi oʻzbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi

tahrir

Kafedra faklutetdagi eng yosh kafedra hisoblanadi. 2023-yilda universitet kengashi qarori bilan tashkil etilgan. Kafedra mudiri – Gulnoza Ernazarova, filologiya fanlari doktori, professor[9].

Manbalar

tahrir
  1. „Filologiya fakulteti“. Qarshi davlat universitetining axborot xizmati sayti. Qarshidu.uz. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
  2. „Филология и обучение языкам (Бакалавриат)“. ZiyoNet. Qaraldi: 9-dekabr 2024-yil.
  3. „Filologiya fakulteti yangi binoga ko‘chib o‘tdi“. Kun.uz. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
  4. „O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi“. Qarshidu.uz. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
  5. „Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan bir guruh o‘zbekistonliklarni mukofotladi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
  6. „O`zbek tilshunosligi kafedrasi“. Qarshi davlat universiteti axborot xizmati veb-sayti. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
  7. „Rus tili va adabiyoti“. Qarshi davlat universiteti axborot xizmati veb-sayti. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
  8. „O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi“. Qarshi davlat universiteti axborot xizmati veb-sayti. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
  9. „Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi“. Qarshi davlat universiteti axborot xizmati veb-sayti. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.