Qashqirlar makoni
Qashqirlar makoni 2003-yil 15-oktyabrda Show TVda „Bu bir mafiya seriali“ nomi ostida keng tarqalgan siyosiy turdagi turkcha teleserialdir. Serial dizi va pusu deb nomlangan boʻlimlardan iborat. Dizi 4 sezon va 97 qismni tashkil etadi. Dizi 2005-yil 29-dekabr sanasida 97-boʻlim bilan yakunlangan.
Qashqirlar makoni | |
---|---|
Teleserial qahramonlari | |
Turi | Teleserial |
Janri | Politik |
Rejissyor | Osman Sınav |
Ssenariynavis(lar) | Necati Şaşmaz |
Tematik musiqa bastakori | Gökhan Kirdar |
Mamlakat | Turkiya |
Til | turkcha |
Mavsumlar soni | 4 |
Qismlar soni | 97 |
Joy | İstanbul |
Qism davomiyligi | 90 daqiqa |
Ovoz formati | Stereo |
Mavzu
tahrirXorijiy davlatlarda Milliy Xavfsizlik Tashkiloti tarafidan yoʻlga qoʻyilgan bir qancha rejalarda muvaffaqiyat qozongan Ali Candan soʻnggi marotaba Kosovada ekanligida boshligʻi Aslan Akbey tomonidan Turkiyaga chaqirtiriladi va unga „Qashqirlar makoni operasiyasi“ vazifasi yuklatiladi. Bu topshiriqdan kutilgan maqsad mafiyalarning lideri boʻlgan Mehmet Karahanlı va u boshchilik qiladigan „Qashqirlar kengashi“ini yoʻq qilishdan iborat edi[1].
Syujeti
tahrirAli Candan oʻziga yuklatilgan bu topshiriqni amalga oshirish uchun oila aʻzolari va barcha yaqinlari bilan vidolashadi. Soʻngra avto-halokatda vafot etgan deya eʻlon qilinib, plastik operasiyada yuzini oʻzgartirib qaytadi. Aliga Polat Alemdar ismi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Polat Duran Emmining jiyani boʻlib keladi va mafiya ichiga kiradi. Oradan biroz muddat oʻtgach Suleyman Çakır Duran Emmining choyxonasiga keladi va Polat Alemdar bilan tanishadi. Choyxonadan chiqarkan, Duran Emmi va Çakır Şevko tomonidan yollangan qotillar tarafidan nishonga olinganligini sezib qolgan Polat ularning hayotini qutqaradi. Shu voqeadan keyin Polat va Çakır doʻst tutinadilar va bir qancha muvaffaqiyatli ishlarni birgalikda amalga oshiradilar. Polatning bu muvaffaqiyatlari Qashqirlar kengashining diqqatini tortadi. Polat boshida kengash uchun xizmat qiladi. Keyinchalik, yuksalib kengash boshligʻi lavozimiga koʻtariladi. 2005-yilda Qashqirlar kengashining aʻzolari birma-bir Polat tarafidan yoʻq qilinadi. Eng soʻngida Laz Ziyaning vafoti kengashga butunlay nuqta qoʻyadi[2].
Kitoblashtirish
tahrir„Qashqirlar makoni“ serialining mavzusini qamrab olgan bir qancha kitoblar nashr etilgan. Yusuf Solmaz tomonidan yozilgan „Kurtlar Vadisi Çocukarı“ va kitobga muxbirlik qilgan Nazım Kürşad Tektaşning ham „Kurtlar Vadisi Unutulmaz Sözler - Diyaloglar“ kabi kitoblari shular jumlasidandir.
Faktlar
tahrir- Abdülhey obrazida rol oʻynagan Kenan Çoban serialda hali ishtirok etmasdan avval, 2-qismda Ali Candanning janozasida limonat tarqatgan bir kishi boʻlgan.
- Sharon Stonening Polat Alemdarni oʻpgan sahnasi, 2009-yil Necati Şaşmaznıng Beyaz Showda bergan intervyusiga koʻra 24 marta takrorlangan ekan.
- 2015-yil 23-noyabrda serial suratga olinayotgan jarayonda Süha Tarık obrazini ijro etgan İsmail Aydın yurak huruji xastaligidan vafot etgan. Butun serial jamoasi aʻzolari marhumning janozasida ishtirok etishgan[3].
Aktyorlar
tahrirQashqirlar kengashi
tahrirAktyorlar | Obrazlar | Qismlar |
---|---|---|
Zafer Ergin | Mehmet Karahanlı | 1-74 |
Baykal Saran | Hüsrev Aga | 1-59 |
İstemi Betil | Laz Ziya | 1-95 |
Tarık Ünlüoğlu | Testere Necmi | 1-56 |
Atilla Olgaç | Kılıç | 1-95 |
Haldun Boysan | Tombalacı Mehmet | 1-36 |
Adnan Biricik | Nizamettin Güvenç | 1-96 |
Nişan Şirinyan | Samuel Vanunu | 1-85 |
Sönmez Atasoy | Halil İbrahim Kapar | 61-97 |
Andy Garcia | Amon | 96-97 |
Sharon Stone | Lisa | 96-97 |
| Sharon Stone || Tahhalus DieD || 0-97 |}
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Kurtlar Vadisi İlkleri Ve Rekorları Konusu“. favo10.net. 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
- ↑ „CNN Türk - Vikipedi“. tr.m.wikipedia.org. 2013-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
- ↑ „CNN Türk - Vikipedi“. hurriyet.com.tr. 2023-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-noyabr.