Qatlama
Qatlama – oddiy xamirdan yupqa yoyib, yogʻda pishiriladigan taom. Boshqa shu kabi pishiriqlardan qatlamligi bilan ajralib turadi. Qatlama tayyorlash uchun suv va tuz qoʻshib oddiy xamir qoriladi, kattaroq zuvalalar uzib, oʻrab, 10-12 minut tindirib qoʻyiladi. Soʻngra har bir zuvala oʻqlogʻi bilan yupqa (1–2 mm) qilib yoyiladi va yoymaga qaymoq yoki sariyogʻ, maska yogʻi, eritilgan qoʻy yogʻidan surtilib, ruletsimon oʻraladi, undan 5-6 sm li boʻlaklar kesiladi. Boʻlaklar joʻvada alohida-alohida 0,5-1 sm qalinlikda yoyiladi, qizdirilgan qozonda yoki tovada atrofiga yogʻ surtib, avval bir tomoni, soʻngra ikkinchi tomoni qizartirib pishiriladi. Baʼzan pishgan qatlamaning yuziga taʼbga koʻra shakar yoki qand upasi sepiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |