Qatortol koʻchasi (Toshkent)
Qatortol koʻchasi — Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida joylashgan boʻlib ikki qismdan iborat. Muqimiy va Kichik halqa yoʻli koʻchalari oraligʻida. Tarixda Samarqand, Buxoro va boshqa shahar savdo karvonlarining Samarqand darvozasi koʻcha orqali Toshkentga kirib keluvchi asosiy yoʻllardan biri boʻlib xizmat qilgan. 1966-yil boʻlib oʻtgan kuchli zilziladan soʻng qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan Qatortol mavzesi hududida ukrainalik quruvchilar tomonidan Chilonzor turar joy mavzelari qurilishi sabab koʻcha tubdan qayta rekonstruksiya qilingan.
1989-yil 8-sentabrdan beri koʻcha nomi Qatortol boʻlib kelmoqda. Koʻcha yoʻnalishida Chilonzor 5-10 va Chilonzor-Markaz turar joy mavzelari, savdo markazlari, qabriston, „Oltin meros“ jamgʻarmasi, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, bir nechta restoranlar, umumiy ovqatlanish maskanlari, xorijiy firma va kompaniyalar ofislari, koʻp qavatli aholi turar joylari va boshqalar joylashgan. Shuningdek, Qatortol koʻchasi Choʻponota koʻchasi bilan kesishgan.
[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Toʻxliyev, Nurislom, ed (2009). "Qatortol ko'chasi". Toshkent: Ensiklopediya. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. p. 729.