Bosh menuni ochish

Qavchin, kauchin — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Q. Chigʻatoy ulusitt eng yirik 4 qabiladan biri (jaloyir, barlos va arlot) sanalgan. Chingizxon bu 4 qabilani (4 ming jangchi bilan) oʻgʻli Chigʻatoyta berib, ularning har qaysisi uchun tegishli hudud ajratgan. Q.lar Amudaryoning yuqori havzasidagi yerlarga joylashganlar. Q.lar, asosan, yarim oʻtroq holda yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Ular bir qancha urugʻlarga boʻlingan. Shulardan eng yiriklari beguzuv, balxi, koʻrpachuvish, boʻzchi, kashmiri, sulaymon, imom, boʻyin, tugal, poʻla sherali, tuyaboʻyin kabilardir. 1920-yillarga kelib Oʻzbekiston hududida 25 ming kishiga yaqin Q. boʻlib, ular, asosan, hozirgi Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Q.lardan 2 mingga yaqin kishi Karki (Turkmaniston) da ozroq qismi Koʻlob vodiysi (Tojikiston)da yashagan.