Qaydu Mirzo (1396-1418) Amir Temurning chevarasi, Muhammad Jahongir Mirzoning katta nevarasi, Pirmuhammad Mirzoning katta o`g`lidir. Pirmuhammad mirzo o`lganidan keyin Kobul,Qandahor va G`aznadan Shim.Afg`onistondan iborat bo`lgan hududlar katta o`g`il Qaydu Mirzoga suyurg`ol qilib beriladi. 1415-yilda isyon ko`targan Boyqaro Mirzoni Shohrux mirzo uning yoniga yuboradi. Boyqaro bu yerda ham tinch o`tirmay Qaydu mirzoning joniga suyiqasd qilishga harakat qilgan. keyin uni sinddan narigi tomonga jo`nattirgan [1][2]. Qaydu mirzoning o`zboshimchaligidan uni 1417-yil oxirida Hirotga olib kelishadi, Shohrux uni kechiradi va Hirotda saqlaydi. 1418-yil 22- avgustda Hirotdan qochadi lekin uni Boysung`ur mirzo tutib Hirotga olib keladi va Ixtiyoriddin qal`asiga qamattiradi. Qaydu Mirzo shu yerda vafot etadi.

  1. Fayziyev, Turg`un (2024-03-15). „Temuriylar shajarasi“. UzMU xabarlari. 1-jild, № 1.3.1. 48–52-bet. doi:10.69617/uzmu.v1i1.3.1.1472. ISSN 2181-7324. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam)
  2. Abdurazzoq Samarqandiy . Matlayi sadayn.