Qayrat Ermetov (1984-yil 23-may, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchi. 2006-yilda qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.

Qayrat Ermetov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 23-may 1984-yil (1984-05-23) (40 yosh)
Boʻstonliq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Sport
Qaysi sport togʻ changʻi sporti

Tarjimai hol

tahrir

Qayrat Ermetov 1984-yil 23-mayda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida tugʻilgan.

U 2003-yildan togʻ changʻi sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Ermetov 2003-yil fevral oyida Yaponiyada boʻlib oʻtgan changʻi sporti Xalqaro federasiyasi musobaqasi egidi ostida birinchi marotaba ishtirok etadi[1].

2004-yil mart oyida u Turkiyadagi musobaqada ikki karra gʻolib boʻladi[1].

Kayrat Ermetov 2005-yilda Bormiodagi ulkan slalom boʻyicha jahon chempionatida 71-oʻrinni egallaydi va slalom boʻyicha ikkinchi urinishda marraga yetib kelolmaydi[1].

U 2006-yilda Turindagi qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Slalom boʻyicha ikki urinishda jami 2 daqiqa-yu 20,88 soniya natija koʻrsatib, avstriyalik gʻolib raqibdoshi Benjamin Rayxdan 37,74 soniya ortda qolib, 46-oʻrinni egallaydi. Olimpiyadaning ochilish va yopilish marosimida Oʻzbekiston terma jamoasi bayroqdoriga aylandi[2].

Shunday qilib, Kayrat Ermetov 2008-yilda sportdagi faoliyatini tugatadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „ERMETOV Kayrat - Athlete Information“. www.fis-ski.com. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
  2. „Olympedia – Kayrat Ermetov“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.