Qazo va qadar
QAZO VA QADAR — Islomda moʻmin-musulmonlar eʼtiqod qilishi lozim boʻlgan masalalardan biri. „Qadar — Alloh taoloning hamma narsalarni kelajakda qanday boʻlishini azaldan belgilab qoʻyishidir“. „Qazo — oʻsha narsalarni Alloh taolo taqdiriga muvofiq ravishda vujudga keltirishdir“. Ahli Sunna val-Jamoa eʼtiqodiga binoan balogʻatga yetgan musulmon Alloh taolo bandalarning hamma ishini va maxluqotlarga bogʻliq narsalarni avvaldan bilishiga imon keltirishi vojib boʻladi. Qazo va qadar Allohga imon keltirish asosidagi Islom aqidalaridan biri hisoblanadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Aydarbek Tulepov. Islom va aqidaparast oqimlar. -T.: Movarounnahr. 2014.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |