Qilichbozlik
Qilichbozlik — sport turi, qoida asosida tigʻli sport qurollari — rapira, qilich, shamshir (shpaga) vositasida yakkama-yakka oʻtkaziladigan musobaqa. Sportchilar maxsus toʻrli niqob — himoya vositasi, oq kiyim va qoʻlqop kiygan holda bellashadi. Berilgan sanchish(ukol) larni qayd etish uchun rapira va qilich musobaqasida kiyim, shamshir musobaqasida shpaganing oʻzi elektron tizimga ulanadi.
Rapira
tahrirUzunligi-110 sm; ogʻirligi-500 g. Musobaqasida elektron, gavda va ko'krak qafasi yopuvchi nimchaga kiyiladi. Faqat unga sanchilgan ukol haqiqiy deyiladi va hisobga olinadi. Va yana ikkala ishtrokchilarda ham maxsus chirog'i yonsa unda faqat hujum (qilichbozlik tilida ataka)qilgan ishtrokchiniki hisoga olinadi. Ko'p holatlarda bahslar vaqt tugaguncha olib boriladi.
Qilich
tahrirUzunligi -105 sm; og'irligi-500 g. Musobaqasida gavdaning beldan yuqori qismiga.
Shpaga
tahrirItalyan tilidan olingan bolib.Bu sovuq quroldir. To'g'ri yassi yoki uchburchakli tutqili tig'. XVI asrda keng tarqalgan bo'lib u zodagonlarni ajratin tiruvchi quroli hisoblangan. Uzunligi-110 sm, og'irligi- 770 g,u eng og'ir qurol. Uning 135 millimetrli gardasi bilan ishtirokchi qolini yaxshi yopib turadi. Shpaga qirralaring kengligi 24 mmdan 3ta bo'ladi. Shpaganing uch qismida knopaga o'xshash murakkab tuzilishga ega moslama bor u agarda raqibga tegsa maxsus chiroq yonadi.Agarda u yerga, maxsus qilichbozlik yolagiga va shpaga gardasiga tegsa yon tomondagi kichik sariq chiroq yonadi va u hisonlanmaydi. Musobaqasida ishtrokchilar raqibining hohlagan joyiga oyog'idan to boshiga qadar sanchish(ukol) haqiqiy deb hisobga olinadi.Shpaga eng qiyin turdan bittasi hisoblanadi.Shpagada agarda ikkala ishtirokchini ham maxsus chirog'i bir vaqtda yonsa ikkala ishtirokchiga ham bal hisoblanadi.
Qilichbozlik Yo'laklari
tahrirMusobaqalar eni 2 m, uzunligi 18 m bo'lgan yoʻlaklarda o;tkaziladi
Qoidalari
tahrir3 minnutdan 3 taym bo'ladi. Har bir taymdan so'ng tanaffus 1 minutdan bo'ladi.Musobaqning guruh(qilichbozlik tilida pulka)bahs 5 ochkoga qadar olib boriladi.Undan so'ng olimpia turidek ya'ni chiqarib yuborish turida bahs 15 ochkoga qadar olib boriladi. Davrada hisob teng boʻlib qolsa, qurʼa tashlanadi (prioritet) va qoʻshimcha belgilangan 1 min. Vaqt ichida birinchi sanchish(ukol) bergan sportchi gʻolib sanaladi. Agar tomonlar sanchish bera olmasa, gʻolib tashlangan qurʼaga koʻra aniqlanadi.
Tarixi
tahrirQadimdan kishilik jamiyati turmush tarzining bir qismi boʻlgan, sport turi sifatida esa 15—16-asrlardan Ispaniya va Italiyada shakllana boshlagan. 1517-yil italiyalik A.Marotssi Q. boʻyicha ilk oʻquv qoʻllanmasini yaratdi. 17-asr oxirlarida Fransiyada qoidalari ishlab chiqildi va musobaqalar oʻtkazildi. 1896-yildan Q. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.1937-yildan Q. boʻyicha jahon chempionati oʻtkazib kelinadi. Q. AQSH, Vengriya, Germaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Fransiya, Xitoy kabi davlatlarda keng rivojlangan.
Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi
tahrir1913-yil 29-noyabr Fransiyaning Parij shahrida Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi (FIE) tuzildi, unga birinchi bo'lib ta'sischi mamlakatlar Belgiya, Bogemiya(hozirgi nomi Chexiya), Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Fransiya, Shvetsariya azo boladilar.Hozirda unaga 120 dan ortiq davlatlar azo.
O‘zbekistonda qilichbozlik
tahrirOʻzbekistonda qilichbozlik sport turi sifatida 20-asrning 50-yillaridan ommalashdi. O‘zbekiston mustaqillikga erishgandan so‘ng aʼzo bo‘ladi. 1998-yil 6-noyabrdan O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi Prizdenti etib Olimpia O‘yinlari kumush medal sohibi Ro‘ziyev Sobirjon Sobitovich saylanadi. 1954-yildan qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi. Respublikada qilichbozlikning rivojlanishida Kseniya tojiyeva, Iosif Markin, Dmitriy Itsenko, Poʻlat Abdurazzoqov, Igor Artishkin, Shavkat Turdiqulov kabi murabbiylar katta hissa qoʻshishdi. Sobir Roʻziyev, Aleksandr Paraxin, Vitaliy Logvin, Valeriy Zaxarevich, Svetlana Filimonova, Anisa Petrova, Baxtiyor Gʻaniyev, Dilorom Karimqulova singari qilichbozlar olimpiada oʻyinlari, jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarda sovrindor boʻlishgan. Hozirgi kunda Oʻzbekistondagi 13 ta Q.ka ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi va toʻgaraklarda 46 nafar murabbiy qoʻl ostida 648 kishi (189 nafari ayol) Q. bilan shugʻullanadi (2005).
2014-yilda O‘zbekiston tarixidagi qilichbozlik bo‘yicha birinchi xalqaro hakam Aida Xasanova bo‘ldi. Qurolning barcha uch turlari bo‘yicha xalqaro chempionatlar va musobaqalar hakamidir.
Qilichbozlik Olimpiya O'yinlarida
tahrirQilichbozlik birinchi bo'lib birinchi yozgi olimpiya o'yinlaridanoq 1896-yil AFINA kiritilgan. Unda faqat erkaklar bahs olib borganlar. Undagi birinchi olmpiya g'oliblar Fransuz E.Gravelot va Grersiyalik Y.Georgiadis hisoblanadi.
O'zbekiston chempionatlari
tahrirBugungi kunda har yili mavsumning bishidan oxiriga qadar har xil yosh toifalarida O'zbekiston chempionatlari, O'zbekiston kuboklari va Xalqaro musobaqalar bo'lib o'tadi. Ulat kadet, yunior va senior yosh toifalari bo'yicha bellashishadi. Va munisiblar taqdirlanib terma jamoa safiga qo'shilishadi.
Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |