Qirgʻiz milliy universiteti

Qirgʻiz milliy universitetiQirgʻizistondagi yirik oliy oʻquv yurti. Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydi. 1992 yil Qirgʻiziston davlat universiteti (1951) negizida tashkil etilgan. Bishkek shahrida joylashgan. Mat., fizika, biol., kimyo, geogr., tarix, filol., iqtisodiyot, huquq va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Botanika bogʻi, zool. muzeyi, kutubxonasi (1 mln.ga yaqin asar) bor. "Ilmiy asarlar toʻplami"ni nashr etadi (1968 yildan). 13 ming talaba taʼlim oladi.