Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi

SSSR ittifoqdosh respublikasi

Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Qirgʻiziston SSR (qirgʻizcha: Кыргыз Советтик Социалисттик Республикасы; ruscha: Киргизская Советская Социалистическая) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Qirgʻizistoni deb yuritiladi.

Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Киргизская Советская Социалистическая Республика
Кыргыз Советтик Социалисттик Республикасы
Qirgʻiziston ASSR tarkibida (1926–36)
Sovet Ittifoqi respublikasi (1936–91)
1936–1991
Bayroq
Bayroq (1952–1992)
Gerb (1948–1992)
Gerb (1948–1992)
Shior
Бардык өлкөлөрдүн пролетарлары, бириккиле! (Qirgʻizcha)
Bardıq ölkölördün proletarları, birikkile! (transliteratsiya)
„Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“
Madhiya
Кыргыз Советтик Социалисттик Республикасы Мамлекеттик Гимни
Qırğız Sovettik Soţialisttik Respublikası Mamlekettik Gimni
„Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“
(1946-1992)

Qirgʻiziston SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
Poytaxti Frunziya
Til(lar)i Rasmiy tillar:
Qirgʻiz  • Rus
Ozchiliklar tillari:
Oʻzbek
Etnoxoronimi Qirgʻiz
Sovet
Hukumati Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1936–1953)
Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1953–1990)
Unitar prezidentlik respublika (1990–1991)
Prezidium raisi
 •  1936–1937 Abdukadir Urazbekov ilk
 •  1990–1993 Askar Akayev soʻnggi
Hukumat boshchisi
 •  1936–1937 Bayali Isakeyev
 •  1986–1991 Apas Jumagulov
Tarixi XX asr
 •  Qirgʻiziston ASSR tashkil topgan 11-fevral 1926-yil
 •  Ittifoqdosh respublikaga aylangan 5-dekabr 1936
 •  Oʻsh voqeasi 1990-yil iyun
 •  Suverenitet eʼlon qilingan 30-dekabr 1990-yil
 •  Mustaqillik eʼlon qilingan 31-avgust 1991-yil
 •  Mustaqillik tan olingan 26-dekabr 1991
Maydoni
 •  1989-yil 198500 km²
Aholisi
 •  1989-yil (tax.) 4 257 800 
     Zichlik 21.449874055416 km²
Pul birligi Sovet rubli (SUR)
Telefon kodi +7 319/331/332/334/335
Oldingisi
Keyingisi
Qirgʻiziston ASSR
Qirgʻiziston

1924-yilning 14-oktabrida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qoraqirgʻiz avtonom oblasti (ruscha: Кара-Киргизская автономная область) tashkil etilgan. Oblast nomi 1925-yilning 25 mayida Qirgʻiziston avtonom oblasti (ruscha: Киргизская автономная область) deb oʻzgartirilgan. 1926-yil 1-fevralda Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasiga (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) aylantirilgan. 1936-yil esa Qirgʻiziston SSR nomi bilan toʻliq ittifoqdosh respublika boʻlgan.

Qirgʻiziston SSR poytaxti Frunze (hozirgi Bishkek) shahri boʻlgan. Respublika 40 rayonga boʻlingan, 21 shahar, 28 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

1990-yilning 15-dekabrida Qirgʻiziston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 31-avgustida esa respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Qirgʻiziston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

TarixiTahrirlash

Qirgʻizistonda miloddan avvalgi 7–6-asrlarda sinfiy jamiyat vujudga kelgan. Mamlakat 6–12-asrlarda Turk xoqonligi, qarluqlar, Qoraxoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan. 13-asr – 16-asrning birinchi yarmida moʻgʻullar, oyrotlar qoʻl ostiga oʻtgan. 15-asrning ikkinchi yarmida qirgʻiz elati shakllanib boʻlgan.

 
Qoraqirgʻiz avtonom oblasti oʻlaroq 1924-yilda tashkil topgan Qirgʻiziston SSR 50 yilligiga bagʻishlangan marka

Qirgʻiziston SSR tuziladigan hudud 19-asrning birinchi yarmida Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 19-asrning 60–70-yillarida ushbu hududni Rossiya qoʻshib olgan. 1917-yil noyabr – 1918-yil iyunida Sovet hokimiyati oʻrnatilgan. 1921-1922-yillarda yer-suv islohoti amalga oshirilgan.

Oʻrta Osiyoning milliy davlat chegaralanishi natijasida 1924-yilning 14-oktabrida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qoraqirgʻiz avtonom oblasti (ruscha: Кара-Киргизская автономная область) tashkil etilgan. Oblast nomi 1925-yilning 25 mayida Qirgʻiziston avtonom oblasti (ruscha: Киргизская автономная область) deb oʻzgartirilgan. 1926-yil 1-fevralda Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasiga (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) aylantirilgan.

Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi 1936-yil Qirgʻiziston SSR nomi bilan toʻliq ittifoqdosh respublika boʻlgan. 1937-yil Qirgʻiziston SSR Kommunistik partiyasi tashkil topgan.

1990-yilning 15-dekabrida Qirgʻiziston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 31-avgustida esa respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Qirgʻiziston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

ManbalarTahrirlash

  1. "Qirgʻiziston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 486. 5-89890-018-7. 

HavolalarTahrirlash