Qirimtatarlar bayrogʻi
Qirimtatarlar bayrogʻi — ushbu xalqning ramziy va rasmiy bayrogʻi hisoblanadi. Bayroq havorang rangdan iborat boʻlib, bayroqning chap tomonidagi yuqori burchagida sariq rangdagi «Taroq tamgʻa» ramzi bor.
Ushbu bayroq ilk bor Rossiyadagi fevral inqilobidan keyin, yaʼni 1917-yilda[1], Qirimtatarlar Qurultoyida qabul qilingan. 1991-yilning 30-iyun kuni ushbu bayroq, yangi tashkil etilgan Qurultoyda qayta qabul qilindi va rasmiy bayroq maqomiga ega boʻldi[2]. 2010-yilning 26-iyun kunidan boshlab, ushbu kun qirimtatarlar tomonidan bayroq kuni deb nishonlanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Постановление Курултая от 1917 года“. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.
- ↑ „Постановление Курултая от 30 июня 1991 года“. ООО «Агентство «Крымские новости». 2012-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyun. (WebCite saytida 2012-08-06 sanasida arxivlangan)