Qirma
Qirma — qoʻsh qavatli (pogʻonali) oʻyma usuli; ganch oʻymakorligit bezak, naqsh rangli qorishmalar vositasida yaratiladi. Shu usulda yaratilgan naqsh, bezak ham Q. deb ataladi. Q.ga necha xil rang ishlatilsa, ish shuncha bosqichla amalga oshiriladi, shuning uchun Q.da koʻpincha 2—3 xil rangdan foydalaniladi: har bir rang alohida-alohida bosqichmabosqich bajariladi. Us t a bir xil ranshing oʻrnini oʻyib chiqqach, avvaldan tayyorlab qoʻygan quruq rangli qorishmadan oz-ozdan qorib oʻyma ustiga quyib chiqadi va naqsh sathini tekislab qirib tashlaydi, shunda naqsh chegaralari aniq va jozibali namoyon boʻladi. Soʻng axta yordamida naqsh nusxasi 2-marta tushiriladi, bu safar 2rangning oʻrni oʻyilib, 2rangli qorishma quyiladi, naqsh sathi ochilguncha qiriladi. Har bir rangana shunday jarayonda amalga oshiriladi. Q.ning yaxlitligi va rang turining kamligi naqshlarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Rangli ganch tayyorlashda ustalar avval koʻmir, pishiq gʻisht kukunlaridan foydalangan, hozirda esa har xil tayyor rangli pigmentlar ishlatiladi. q. quyosh nurida yaltiramay, bir xil mayinlikda koʻrinadi. Q.ni ilk bor Usta Shirin Murolov, Quli Jalilov va boshqa ustalar qoʻllagan; hozirda ganch oʻymakorligida keng qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |