Qishki saroy
Qishki saroy (ruscha: Зимний дворец, Дворец Искусств ) - Sankt-Peterburg shahridagi meʼmoriy yodgorlik (1754—62, meʼmori V.V.Rastrelli); barokko uslubida qurilgan. 1917-yilgacha Rossiya imperatorlarining qarorgohi boʻlgan; 1918-yilda qisman, 1922-yilda butunlay bino Ermitaj ixtiyoriga berilgan. Bino toʻrtburchak shaklida ichki hovlili; tarzlari Neva daryosi, Admiralteystvo hamda Saroy maydoniga qaragan. Mahobatli bino hashamdor va bir oʻq yoʻnalishida joylashgan; oʻlchamlari (1000 dan ortiq xona) va turlicha koʻrinishdagi tarzlari, oʻtkir chiqib turgan qismlar, zinapoyasimon burchaklar, oʻzgaruvchan maromdagi ustunlar unga qudratli shakl, salobatlilik va koʻrkamlik baxsh etgan; oʻymakorlik, ganchkorlik bilan ishlanib, zarhallanganligi binoning tantanavorligini oshirgan. Interyerlari bir qancha marotaba qaytadan oʻzgartirilgan (mas, 1837-yildagi yongʻindan soʻng tarzlari va tantanalar zali taʼmirlangan).
Yana qarang
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |