Qishloq xoʻjaligi geografiyasi
Qishloq xoʻjaligi geografiyasi — qishloq xoʻjaligini hududiy tashkil etish va rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan sohasi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarmogʻi. turli mamlakat va rayonlar qishloq xoʻjaligini majmuali oʻrganish va bashorat qilish, tabiiy sharoit va resurslarni qishloq xoʻjaligi nuqtai nazaridan baholashga doir tadqiqotlar olib boradi. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning tarmogʻi sifatida aholining qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga, sanoatning xom ashyoga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farq qilib, qishloq xoʻjaligi joyning agroiqlimiy resurslari bilan chambarchas bogʻliq, shuningdek, yer qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida mehnat vositasi hamda predmeti hamdir. Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining joylashuvi va rivojlanishiga joyning tabiiy sharoiti (asosan, relyefi va iqlimi), resurslari (yer, suv, hayvon va oʻsimliklari), ijtimoiy-iqtisodiy, transport, ekologik va boshqa omillar bevosita taʼsir koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligig. olib boradigan tadqiqotlar yer fondi va undan foydalanish hamda xaritalashtirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining tarqalishi, agroiqtisodiy tarmoqlari va ularning korxonalarini hududiy tashkil etish, rivojlantirish, qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish masalalarini oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekistonda chorvachilik (qarangA. Abirqulov), agrar-sanoat majmuini (A.R.Roʻziyev va A.M.Sodiqov) oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Qishloq xoʻjaligini turli regionlar va tarmoqlar boʻyicha tashkil etish muammolari bilan Z.M.Akramov, R.A.Hodiyev, T.E.Egamberdiyev, T.Tojimov, S.S.Saidkarimov, T.Jumayev, K.K.Qurbonov, Sh. Azi-mov, R.U.Usmonov va boshqa shugʻullanganlar.
Yana qarang
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |