Qisqich — bu narsalarni toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllar bilan ushlashni oʻrniga ularni ushlab turish va koʻtarish uchun ishlatiladigan asbob. Foydalanishga qarab ishlatiladigan qisqichlarning koʻplab shakllari mavjud.

Silikon uchli qulflash qisqich
Ochiq panjara uchun moʻljallangan uzun tutqichli qulflash qisqich
Shakar kubklarin olish uchun mo'ljalangan qisqich
Qisqich tayorlash jarayoni

Birinchi juft qisqichlar Misrliklarga tegishli. Qisqichlar dastlab, yogʻochdan ishlangan miloddan avvalgi 3000-yillarga kelib bronzada yasashga oʻtilgan. Vaqt oʻtishi bilan ular zamonaviy qisqichlar deb nomlanuvchi uskunaga oʻtgan.

Miloddan avvalgi 1450-yildagi Misr devoridagi rasmda ikkita metall panjara orasiga qoʻyilgan tigel tasvirlangan. Xuddi shu rasmda kimdir kichkina buyumni olov ustida qisqichga oʻxshash asbob bilan ushlab turgani tasvirlangan. Ogʻir tigellar bilan ishlashga bronza ilmoqlar ham shu vaqtda paydo boʻlgan[1].

Konnevesi gerbidagi yogʻoch qisqich

Yana qarang

tahrir
  • Olovli temir
  • Ovqat tayyorlash uchun idishlar
  • Forseps
  • Pichoqlar

Manbalar

tahrir
  1. „Who Invented Tongs? The True History Revealed“ (inglizcha) (25-fevral 2022-yil). Qaraldi: 14-mart 2022-yil.