Qiymat
Qiymat — bu sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlar xaridorlari va sotuvchilari kelishib olishlari ehtimoli yuqori bo‘lgan narxga tegishli iqtisodiy tushuncha. Qiymat bu fakt emas, balki aniq vaqtda aniq tovarlar va xizmatlarning tanlangan qiymat talqiniga muvofiq ehtimol qilinadigan va hisoblab chiqiladigan kattalik. Qiymatning iqtisodiy tushunchasi baholash sanasida ushbu tovarlar egasi bo‘lgan yoki ushbu xizmatlarning foydalanuvchilari oladigan foydaga bozorning qarashini aks ettiradi. Qiymat baholarini tushunish va qo‘llash uchun qiymatning turi va talqinini aniq ko‘rsatish, shuningdek ularning baholash bo‘yicha topshiriqqa muvofiqligini ta’minlash zarur. Qiymat talqinining o‘zgarishi turli mulk obyektlari uchun qayd qilib qo‘yiladigan qiymat miqdoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Qiymat tushunchasi qandaydir bitim bilan bog‘liq pul summasini nazarda tutadi. Shunga qaramay, baholanayotgan mulkning sotilishi, uning baholash sanasida bozor qiymati ta’rifida mujassam shartlarga amal qilgan holda sotilishi mumkin bo‘lgan narxini belgilash uchun zaruriy shart bo‘lmaydi.