Qiz qal’asi (Qiz minorasi) (turkcha Kiz Kulesi)- Oʻrta asrlarda qurilgan. Vizantiya davri meʼmorchiligi namunasi. Leander minorasi nomi bilan ham tanilgan.Turkiyaning Istanbul shahridagi Uskudar sohilidagi kichik orolchada joylashgan. Urushdagi gʻalabasidan soʻng, asli yunonlardan boʻlgan generali Alkibiades (turkcha Uskudar) kichik bir qoya ustiga Qora dengizdan kelayotgan kemalar uchun maxsus stansiya qurgan. 1110-yilda Vizantiya imperatori Aleksiy Komnen bu yerda tosh devor bilan oʻralgan yogʻoch minora qurdirdi.

Minoradan temir zanjir Yevropa qirgʻogʻida, Konstantinopoldagi Mangana hududida qurilgan boshqa minoraga mahkamlangan. Orol Osiyo sohiliga mudofaa devori orqali ulanib ketgan. Bu devorning suv osti qoldiqlari hali ham saqlanib qolgan. 1453-yilda Usmonlilar Konstantinopolni (Istanbul) zabt etganda, minorada venetsiyalik Gabriele Trevisano qoʻmondonlik qilgan Vizantiya garnizoni joylashgan edi. Keyinchalik bu inshoot Usmonli turklari tomonidan Fotih Sulton Mehmed hukmronligi davrida qoʻriq minorasi sifatida foydalanilgan. Bu minoraning yana bir Leander minorasi degan nomi bor. Qal’a 1509-yildagi zilzila paytida vayron boʻlgan, keyin 1721-yilda yonib ketgan.

Keyinchalik undan mayoq sifatida foydalanilgan. va 1731 va 1734-yillarda uning atrofidagi devorlar taʼmirlangan, 1763-yilgacha u tosh yordamida rekonstruksiya qilingan. 1829-yildan qal’adan karantin hududi sifatida ishlatilgan. 1832-yilda qal’a Sulton Mahmud II tomonidan qayta tiklangan. Bu tiklanish 1945-yilda bandargoh maʼmuriyati tomonidan davom ettirildi. Eng soʻnggi restavratsiya 1998-yilda Jeyms Bondning „Dunyo yetarli emas“ (The World Is Not Enough) filmi uchun boshlangan. 1999-yil 17-avgustdagi zilziladan keyin ehtiyot chorasi sifatida qadimiy qal’a atrofi poʻlat tayanchlar bilan mustahkamlandi.

Minoraning ichki qismi qadimgi Rim, Vizantiya va Usmonli poytaxtlari manzarasi bilan bezatilgan kafe va restoranga aylantirilgan. Kemalar kuniga bir necha marta minoraga sayyohlarni tashiydi.[1] Vizantiya imperatoriga qizi 18 yoshga yetganida, uni ilon chaqib oʻldirishi haqida bashorat qilinadi. Qirol esa bu bashoratni amalga oshmasligi uchun dengizning boʻyiga ilonlar chiqa olmaydigan qilib bir qal’a qurdiradi va malikani oʻsha yerga joylashtiradi. Ammo qal’aga yuborilgan uzum toʻla savat ichiga kirib olgan ilon malikani chaqib oʻldiradi. Imperator qizining jasadini temirdan bir tobut yasatib, Ayosofiyaning kiraverishiga baland joyga qoʻydiradi. Malikaning oʻlimidan keyin ham ilon uni tark etmagani haligacha rivoyat qilinadi. Shuning uchun ham Qiz (Maiden) qal’asi deb ham yuritiladi. Uning Leander degan nomi esa boshqa bir yunon afsonasidan kelib chiqqan.Aytishlaricha Gellespont qirgʻogʻida yashaydigan Gero va abidoslik Leander degan yigit bir-birlarini sevib qolishadi. Har kecha Gero minorada olov yoqib, Leander boʻgʻozni suzib oʻtib, uning yoniga kelishini kutadi, yigit aynan oʻsha olovni mayoq sifatida bilib, u tomon harakatlanadi. Ammo bir kuni olov oʻchib qoladi va Leander oxirigacha suzib borolmay qoladi. Shunda tongda, uning oʻlik tanasi Geroning oyoqlariga suzib keladi. Uni koʻrgan Gero umidsizlikka tushib, minoradan oʻzini dengizga tashlaydi. Qiz minorasi nomi ham shu qadimiy hikoyadan kelib chiqqan boʻlishi mumkin.

Bugungi kunda minoraning birinchi qavatida restoran, tepasida esa kafe joylashgan. Minora 1966-1981-yillardagi 10 liralik turk banknotlarining orqa tomonida tasvirlangan.[2]

Istanbulning 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik uchun bergan arizasida Qiz qal’asi logotipi koʻzga tashlandi. Qal’a butun dunyo boʻylab mashhurlikka erishgan. Bu bir qator filmlarda koʻzga tashlanadi. Masalan, Jeyms Bondning „Dunyo yetarli emas“ filmida, 1963-yilda suratga olingan „ Rossiyadan sevgi bilan“ , Hitman, Kurtlar Vadisi, Majruh chechaklar, Boy qiz va kambagʻal yigit filmlarida, Amerikaning The Amazing Race 7 realiti-shousida, Turkiyaning Erta qush dasturlarida koʻrinish bergan. Qal’a Assassinʼs Creed: Revolutsiya oʻyinida tasvirlangan, qal’ada oʻyinni yakunlash uchun bosh qahramon toʻplashi kerak boʻlgan bitta Masyaf kaliti joylashgan.

Maidenʼs Tower and the Seraglio Point

Manbalar

tahrir
  1. „Maiden's Tower official website: Timetable of boat transfers to the tower“. 2009-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  2. Central Bank of the Republic of Turkey (Wayback Machine saytida 2009-06-15 sanasida arxivlangan). Banknote Museum: 6. Emission Group — Ten Turkish Lira — I. Series (Wayback Machine saytida 2009-04-17 sanasida arxivlangan) & II. Series (Wayback Machine saytida 2009-04-16 sanasida arxivlangan). — Retrieved on 20 April 2009.

Havolalar

tahrir