Qizariq — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumaniga qarashli qishloq.

Etimologiyasi

tahrir

Rivoyatlarda keltirilishicha, Qorapolvon Bobo ismli shaxs mazkur hududda istiqomat qilgan va 40 nafar yigit bilan qishloqqa buloqlardan suv olib kelishni yoʻlga qoʻygan. Ular birgalikda ariq qazishgan. Buvicha ismli qiz esa hasharchilarga taom tayyorlab bergan. Buvicha ketmon bilan ariqni kovlagan. Shundan soʻng, qishloqqa suv kirib keladi. Avvaliga ariq, keyinchalik qishloq shu qiz nomiga Qizariq deb atala boshlanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 107-bet.