Qizilqumit (Qizilqumda topilgan, nomi shundan) — murakkab oksidlar guruhiga mansub yangi mineral. 1981-yilda topilgan. Tarkibi shreyerit (U2T130,)ga oʻxshash. Albitlashgan uglerodli-kremniyli jinslarda uchraydi. Q. kremniyli slanetslarning oʻta ingichka oʻzaro kesishgan tomirchalarida xlorit, pirit, rutil bilan birgalikda uchraydi. Q. donachalari prizmatik gabitusga ega, uz. 0,01 mm dan 0,2 mm gacha. Shaffof emas. Rangi qora, yaltirashi shisha kabi, baʼzan mumsimon koʻrinishgacha yaltiraydi. 320—390° da qizdirilganda rutilga aylanadi.