Qizilsoy (Qashqadaryo viloyati)

QizilsoyQashqadaryo viloyatidagi soy. Havzasida qizgʻish tusli gil yotqiziqlari tarqalganligi uchun Qizilsoy deb ataladi. Uzunligi 15 km. Hisor togʻlarining jan.gʻarbiy yon bagʻridan (2600 m) boshlanadi. Ohaktosh, qumtosh, gips, gil va lyossimon jinslardan tuzilgan. Qizilsoy vodiysining yon bagʻirlari qiya va tekis, qoyali yon bagʻirlari juda kam. Vodiysida archa oʻrmonlari, zirk va itburun butalari, bugʻdoyiq, shuvoq va efemerlar oʻsadi, oʻtloqlar bor. Bahorda suvi koʻpayadi. Qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Suvi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi. Soy vodiysi chorva uchun yaylov.

Qizilsoy
Tavsif
Uzunligi 15
Davlat Oʻzbekiston