Qizilurugʻ
Qizilurugʻ, Qizilurugʻ — oʻrtapishar qovun navi. Oʻzbekiston sabzavotkartoshkachilik tajriba st-yasida yaxshilangan (V.F.Kuznetsova, M.I. Sinda, P.N.Dudko). Shakli tuxumsimon, oʻrtacha kattalikda (ogʻirligi 2,5—3,6 kg, uz. 26—28 sm). Sirti tekis, toʻri yirik, och yashil, uch tomoni sargʻimtir. Poʻsti qattiq, etining qalinligi 4—4,5 sm, toʻq sa*riqqizil, poʻstiga yaqin qismi yashil, shirin, hidsiz. Tarkibida qand miqdori 10,1 — 12,2%, saxaroza 6,7 — 8,9%, quruq modda 12,9—14,4%. Urugʻxonasi oʻrtacha, urugʻi yirik. Urugʻi unib chiqqandan keyin hosili 80—92 kunda pishadi. Hosildorligi 200—260 s/ga.
Uzoq joylarga yuborishga yaroqli. Qoqi solinadi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Toshkent vohasida keng tarqalgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |