Bosh menuni ochish

Qiziqish — shaxsning oʻzi uchun qimmatli va yoqimli boʻlgan muayyan narsa va hodisaga munosabati. Bunda insonning oʻziga xos xususiyati bevosita mujassamlashadi. Q. bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan holda oʻzlashtirishda, koʻnikma va malakalarni shakllantirishda qoʻl keladi, shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligini rivojlantirishga, olamni mukammalroq tushunishiga yordam beradi. Q. insonda intilish, faollik, ichki turtki, ehtiyojni roʻyobga chiqarish manbai vazifasini bajaradi. q. shaxsning borliqqa tanlab munosabatda boʻlishida, oʻziga xos qaror qabul qilishida, oʻzini oʻzi nazorat eta bilishida, maqsadga intiluvchanligida, yuzaga kelgan toʻsiqlarni yengishida ifodalanadi. Q.lar shaxsiy va ijtimoiy, bevosita va bilvosita, keng va tor, beqaror va barqaror boʻladi. Q. sinchkovlik, qiziquvchanlik, bilishni oʻz ichiga oladi. Odamlarni shaxsiy Q.ini idora qilishga oʻrgatish, bu ioʻnalishda mashqlantirish, treninglar, testlardan foydalanish intiluvchan, toliqmas xislatlarni shakllantirishga yordam beradi.