Bosh menuni ochish

Qizketgan — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shaharcha (1958 yildan). Nukus shahar Kengashiga qarashli. Amudaryo sohilida, Nukus — Taxiatosh avtomobil yoʻli ustida, Nukusdan 10 km narida. Aholisi 23,9 ming kishi (2003). Gʻisht, marmar, asfalt-beton zavodlari, 3 qurilish tashkiloti, qurilish k-ti, avtokorxonalar bor. Umumiy taʼlim maktablari, madaniyat uyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.