Qoʻrboshi
(Qo'rboshidan yoʻnaltirildi)
Qoʻrboshi (قورباشی) — tarixiy harbiy atama;
- oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo xonliklari va ayrim Sharq davlatlarida dastlab shaharni tunda qoʻriqlovchi mir-shab; soʻngra qurol-yarogʻ ombori (qoʻr) mutasaddisi hamda qurol-aslaha, turli yaroqlar va toʻp yasash korxonalari (qoʻrxona) boshligʻi. Qoʻqon xoni xudoyorxon davrida Qoʻrboshi qoʻrxona, miltiqxona, toʻpxonalarga boshchilik qilib, u xom ashyo topib kelishdan to tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ularni xon qaroriga binoan tarqatish jarayoniga boshchilik qilgan;
- Turkiston oʻlkasida Ok-tyabr toʻntarishigacha boʻlgan davrda mahalliy politsiya boshligʻi. Mas, Qoʻqon va Margʻilonda 1917-yilda shahar mirshablarining boshligʻi Qoʻrboshi deb atalgan;
- Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat harbiy rahbarlarining unvoni. q. xalqning turli tabaqalari orasidan chiqqan ob-roʻli shaxs hisoblangan. Qoʻrboshilar orasida hatto ayollar ham boʻlgan.
Yana qarang
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |