Grin-karta
Grin-karta (inglizcha: green card; tarjimasi „yashil karta“, rasmiy nomi: United States Permanent Resident Card) — AQSh fuqorosi boʻlmagan shaxsning, AQShda yashash huquqini beruvchi, shahsiy guvohnoma yoki identifikatsion karta[1]. Ushbu „yashil karta“ bir necha yil, koʻp bosqichli hujjatlar toʻplamidan soʻng beriladi.
Dastur haqida maʼlumot
tahrirKongress qarori bilan joriy etilgan „Turli millatlarga mansub immigrantlar viza dasturi -(Diversity Visa)DV“ har yili Davlat Departamenti tomonidan boshqariladi. Immigratsiya va Fuqarolik Kodeksining (IFK) 203(s) boʻlimi Amerika Qoʻshma Shtatlariga tarixan immigratsiya koʻrsatkichi past davlatlardan boʻlgan „turli millatlarga mansub immigrantlar“ deb ataluvchi immigrantlar sinfini joriy etadi. DV dasturida roʻyxatdan oʻtish bepul[2].
Lotereyada tanlab olinganlar (saralanganlar) „turli millatlarga mansub immigrantlar“ vizalarini olishga muvofiq boʻlishlari uchun dasturning oddiy, lekin qatʼiy talablariga muvofiq boʻlishlari shart. Saralanganlar kompyuterlashtirilgan tasodifiy lotereya tanlovi orqali saralanadi. Vizalar olti joʻgʻrofiy mintaqalar orasida taqsimlanadi va hech qaysi bir davlatga bir yil ichida DV vizalarining etti foizidan ortigʻi berilmaydi.
Soʻnggi besh yil davomida bir davlatda tugʻilgan umumiy soni 50000dan ortiq shaxs AQShga immigratsiya qilgan davlatlarga ushbu viza berilmaydi
Manbalar
tahrir- ↑ „Lawful Permanent Residents (LPR)“. U.S. Dept. of Homeland Security (DHS) (2018-yil 24-aprel). 2018-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-sentyabr.
- ↑ Дастур ҳақида маълумот (PDF), 2013-10-07da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2013-10-07
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |