Qoʻziquloq
(Qo'ziquloqdan yoʻnaltirildi)
Qoʻziquloq - yalpizdoshlar oilasiga mansub turkum. Yer yuzida 100 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 20 turi oʻsadi. Q.ga koʻp yillik sertuk oʻt oʻsimliklar kiradi. Poyasi tik, balandligi 120 sm gacha. Gullari, asosan, poyaning yuqori qismidagi barglar qoʻltiqlarida halqa shaklida oʻrnashgan boʻlib, qiyshiq, ikki labli. Kosachabarglari tukli. Gultojbargchalari turiga qarab har xil rangda boʻladi. Barglarining shakli nashtarsimondan tuxumsimongacha; qalin tuklar bilan qoplangan. Q., asosan, iyun—iyulda gullab, meva tugadi. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida turli ekologik sharoitda oʻsadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |