Qoʻlyozma

Qoʻlda yozilgan hujjat

Qoʻlyozma:

1) keng maʼnoda — qoʻlda yozilgan yoki yozuv mashinkasida, kompyuterda koʻchirilgan matn. Taniqli shoir va yozuvchilarning oʻtmishda oʻzlari koʻchirib yozgan asarlari dastxati (avtografi);

2) qoʻlda yozilgan asar, yozma yodgorlik. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarigacha Oʻrta Osiyoda matbaa-nashriyot ishlarining sustligi sababli qoʻlyozma' holida kitob tayyorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan (qarang Xattotlik). Qadimiy qoʻlyozma'lar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeografiyada oʻrganiladi;

3) noshirlik ishida — muallif tomonidan nashriyotga taqdim etilgan matn.