Qoʻrboshi (قورباشی) – tarixiy harbiy atama;

  1. oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo xonliklari va ayrim Sharq davlatlarida dastlab shaharni tunda qoʻriqlovchi mirshab; soʻngra qurol-yarogʻ ombori (qoʻr) mutasaddisi hamda qurol-aslaha, turli yaroqlar va toʻp yasash korxonalari (qoʻrxona) boshligʻi. Qoʻqon xoni Xudoyorxon davrida qoʻrboshi qoʻrxona, miltiqxona, toʻpxonalarga boshchilik qilib, u xom ashyo topib kelishdan to tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ularni xon qaroriga binoan tarqatish jarayoniga boshchilik qilgan;
  2. Turkiston oʻlkasida Oktyabr toʻntarishigacha boʻlgan davrda mahalliy politsiya boshligʻi. Masalan, Qoʻqon va Margʻilonda 1917-yilda shahar mirshablarining boshligʻi qoʻrboshi deb atalgan;
  3. Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat harbiy rahbarlarining unvoni. Qoʻrboshilar xalqning turli tabaqalari orasidan chiqqan obroʻli shaxs hisoblangan. Qoʻrboshilar orasida hatto ayollar ham boʻlgan.

Yana qarang

tahrir