Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi

Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi — oʻzbek folklorshunosligida baxshilik sanʼati markazlaridan.

Qoʻrgʻon dostonchilik maktabiga mansub baxshilar Mangʻishtov, Nurota togʻi, Oqtov etaklarida, Miyonqolga qadar choʻzilgan keng hududda yashaganlar. Ularning koʻpchiligi Qoʻrgʻon qishlogʻida tarbiya topgan. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlining ota-bobolari asos solgan bu maktab 17—20-asrlarda yashagan Yodgor Us t a Qoʻlay oʻgʻli, Us t a La-fas Yodgor oʻgʻli, Tilla kampir, Mulla Tosh Usta Lafas oʻgʻli, Mulla Xolmurod Mulla Tosh oʻgʻli, Jolmon baxshi, Sulton kampir, Qulsamad baxshi, Jumanbulbul, Jossoq Mulla Xolmurod oʻgʻli, Yorlaqab baxshi, Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Darvesh baxshi, Poʻlkan shoir, Ollomurod baxshi, Egamberdi Ollomurod oʻgʻli, Us t a Xolqul, Ab-dumurod Berdixol oʻgʻli, Qurbonqul baxshi, Mardi shoir, Rahmatulla Yusuf oʻgʻli kabi oʻnlab dostonchilarni birlashtirgan. Bu baxshilar koʻproq ishqiy dostonlar kuylashgan. Oʻziga xos chuqur lirizm, chiroyli tasvirlar, noziklik va jimjimadorlik Qoʻrgʻon dostonchilik maktabim. uslubining asosiy belgilaridir. Bu hol Qoʻrgʻon dostonchilik maktabim.ning koʻproq yozma adabiyotdan anʼanalariga uygʻunlashib borganligini koʻrsatadi.