Qoʻshiq
Qo‘shiq – keng ma’noda she’riy-musiqiy janr; ashula. Lirik qo‘shiq. Hajviy qo‘shiq. Xalq qo‘shiqlari. Qo‘shiq aytmoq. Qo‘shiq bastalamoq[1].
Vokal musiqaning eng ommalashgan, ko‘proq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga mo‘ljallab to‘qilgan she’riy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompozitorlar yaratgan ommabop musiqa yo‘nalishidagi qo‘shiqlar farqlanadi. Kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qo‘shiqlari, ommaviy qo‘shiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raqs va boshqa qo‘shiqlar ajratiladi. Qo‘shiqlar kuyi diapazoni ixchamligi, musiqa rivoji band shaklida asoslanganligi, ohanglar tizimida so‘z va kuy intonatsiyalari mushtarakligi she’riy matndagi g‘oyaviy emotsional mazmun rivojining umumiy tarzda ifodalanishi bilan ajralib turadi. BU QOSHIQLARNI TOSHPOLATOV JAVOXIR YOZGAN
Xususiyati
tahrirQo‘shiqning yana o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ega bo‘lib, O‘rta Osiyoda ir, terma, o‘lan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, XX asrda zamonaviy qo‘shiqlar shakllari rivojlangan. Meysterzingerlar san’ati namunalari, uyg‘onish davri yaratilgan ko‘p ovozli italyan sangopepa , nemischa, fransuzcha spapzop, XVII – XVIII asrlardan ommaviy tus olgan gomofoniya uslubidagi qo‘shiqlar , romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi qo‘shiqlar XX asrda keng rivoj topgan ommaviy qo‘shiq.
Estrada qo‘shiqlari
tahrirEstrada qo‘shiqlari va boshqa professional qo‘shiqlarning rivojlanish bosqichlardir. Shoirlardan P. Visotskiy , R. Byorns, R.Hamzatov va boshqalar O‘zbekistonda – Hamza, Habibiy, Sobir Abdulla, Mirtemir, Chustiy, T. To‘la , P. Mo‘min, N. Narzullayev, M. Yusuf va boshqalarning qo‘shiqlari she’riyati rivojidagi hizmatlari katta.
Folklor
tahrirTor ma’noda qo‘shiqlar – o‘zbek xalq ijodidagi janr; qo‘sh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7-8 hijoli barmoq vaznidagi to‘rtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. Birinchi sheʼr to‘rtligi qofiyalari a-a-a-a, a-a-v-a, a-a-v-v nisbatida bo‘lishi mumkin. O‘zbek qo‘shiqlarida birinchi bandi, odatda, 4 sheʼriy misra va ularni kuylashga asos bo‘lgan nisbiy tugal ohang tuzilmalari uyg‘unligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2-4 bo‘lib, ularning o‘zaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, o‘zgartirish yoki maʼlum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. O‘zbek qo‘shiqlari, ashuladan farqli o‘laroq, kichik ovoz doirasida (asosan, kvinta— seksta diapazoni-da) bo‘lib, baʼzan doira jo‘rligida ijro etiladi. Kuychan ohangli qo‘shiqlar, asosan, lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa qo‘shiqlarda kuychanlik xususiyatiga ega cho‘zimli ohanglar uchrasa-da, ular ko‘proq qo‘shiqlarning yakunlanishi arafasida namoyon bo‘ladi. Qo‘shiqlarda maxsus (alohida) naqarotlar deyarli qo‘llanmasa-da, baʼzan kichik naqarot vazifasini kasb etuvchi takror so‘zlar kelishi, shuningdek, ,,jon”, ,,yor”, ,,dod-ey” kabi undov-undalma iboralar ishlatilishi kuzatiladi. XX asrlarda o‘zbek bastakorlari va ayniqsa, kompozitorlari ijodiga mansub qo‘shiqlar janr nuqtai nazaridan o‘zida boshqa janrlar (lapar, yalla, ashula, terma) xususiyatlarini mujassam qilib, maʼlum o‘zgarishlarga yuz tutgan. Jumladan, ularda band-naqarot tuzilmalari, jo‘rnavoz cholg‘ular, raqs unsurlarini ham ko‘rish mumkin. O‘zbek bastakorlaridan Yu.Rajabiy, K.Jabborov, F. Sodiqov, T. Jalilov, G‘.Toshmatov, N. Hasanov, M. Mirzayev, B. Аliyev, R.Tursunov va boshqa bastakorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M. Leviyev, S.Yudakov, А.Otajonov, F. Nazarov, А.Nazarov, F.Аlimov, Q.Komilov, bolalar uchun А.Muhamedov, Ye.Shvarts, N. Norxo‘jaev, А.Ergashev, А.Mansurov va boshqalar salmoqli ijod qilgan[2].
Turlari
tahrirQo‘shiqlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Lirik qo‘shiqlar. Bunday qo‘shiqlarda insonlarning ruhiy olami, ishqiy kechinmalari aks etadi, to‘rt misralik bandlardan tashkil topadi, ular kasb, payt, o‘rin tanlamaydi: ularni istalgan vaqtda, istalgan kishi xohishiga ko‘ra, baland ovoz bilan yoki xirgoyi qilib aytaveradi.
2. Mehnat qo‘shiqlari:
a) dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar: qo‘sh qo‘shiqlar, o‘rim qo‘shiqlari, yanchiq qo‘shiqlari ("Xo‘p mayda”lar ), yorg‘ichoq qo‘shiqlar
b) chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar: sog‘im qo‘shiqlari: xo‘sh-xo‘sh govmishim, turey-turey, churiyalar.
d) hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar: charx qo‘shiqlari, bo‘zchi qo‘shiqlari, o‘rmak qo‘shiqlari (o‘zbek ayollarining gilam to‘qish bilan bog‘liq mehnat qo‘shiqlari), kashta qo‘shiqlari.
3. Mavsumiy marosim qo‘shiqlari: yil fasllari tasvirlangan qo‘shiqlar mavsum qo‘shiqlari deyiladi. Qadimgi qo‘shiqlarning namunalari Mahmud Koshg‘ariyning ,,Devonu lug‘otit-turk” asari orqali yetib kelgan. Bizgacha yetib kelgan mavsumiy marosim qo‘shiqlari quyidagilar:
a) sust xotin (yomg‘ir chaqirish qo‘shig‘i). Sust xotin qadimgi zardushtiylik dinida muqaddas sanalgan Tishtiriyaning xalq o‘rtasida nomi o‘zgarib ketgan obrazidan iborat.Bunda bahor oylarida yomg‘ir yetarli yog‘masa, qishloq ayollari yig‘ilib, poliz qo‘riqchisiga o‘xshash qo‘g‘irchoqqa keksa ayol ko‘ylagini kiydirib, qishloqdagi barcha xonadonlarga kirishib, sust xotin qo‘shig‘ini aytib yurganlar. Xonadon egalari ularni shodlik bilan qarshi olib, qo‘g‘irchoq ustidan suv sepishib, marosim ishtirokchilariga xayr-sadaqa qilishgna. Marosim tugagach, yig‘ilgan xayr-sadaqa hisobiga sust xotinga atab katta is chiqarishgan.
b) choy momo (shamol to‘xtatish). Bunday qo‘shiqlarda iltijo qilinadigan choy momo tarixan Chuy momo, ya’ni Shamol momo obrazidan iborat bo‘lib, u zardushtiylikning shamol tangrisi hisoblangan. Bu marosim quyidagicha o‘tkazilgan: ikki kampir eski kiyim va chopon kiyib, yuzlariga qora quya surtishib, qo‘llariga aso ushlab oldinda Choy momo qo‘shig‘ini aytib yurishgan. Bo‘y yetib qolgan beshta qiz boshlariga sholcha yopib, kampirlar ortidan ergashib, qo‘shiqqa jo‘r bo‘lib yurishgan. 7-8 yoshlardagi bir yoki bir necha o‘g‘il bolalar xurjun osilgan eshaklarga minishib, xonadonlardan xayr-sadaqalarni yig‘ib yurishgan. Eshakka o‘qlog‘, yumshoq supurgi va keli sopi sudratib qo‘yilgan. Marosim tugagach, yig‘ilgan xayr-sadaqa hisobiga shamol tangrisi sharafiga is chiqarilgan. Choy momo marosimlari hozirgi Qozog‘istonning Turkiston, Sayram atroflarida yashovchi o‘zbeklar orasida saqlanib qolgan[3][4].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |