Qoʻshma gap — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Qoʻshma gap tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda gapdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali soʻz yoki soʻz birikmalari boʻlsa. Qoʻshma gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, qoʻshma gap esa ikki va undan ortiq predika-tiv asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan. oʻzbek tilida, qoʻshma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: bogʻ-lovchisiz qoʻshma gap; bogʻlangan qoʻshma gap; ergashgan qoʻshma gap

Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi soʻz yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan Q. g. lar bogʻlovchisiz qoʻshma gap hisoblanib, bunday qoʻshma gaplarda ohang muhim rol oʻynaydi. Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar aksar hollarda bogʻlangan va ergashgan qoʻshma gaplar bilan oʻxshash, munosabatdoshday koʻrinsada, ular ana shu turdagi gaplarning bogʻlovchisiz varianti emas, balki qoʻshma gaplarning alohida turi hisoblanadi: „Saodatxon eshikni ochib yubordi, uyga muzday kuz havosi kirdi“ (S.Zunnunova). „Sultonmurod oʻzini chetga olishga tirishdi, xalq toʻlqini uni surib ketdi“ (Oybek).

Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro teng bogʻlov-chilar yordamida birikkan (teng aloqali) qoʻshma gaplar bogʻlangan qoʻshma gap deyilib, uning tarkibiy qismlari shaklan mustaqil koʻrinsa-da, mazmunan va tuzilish jihatdan bir butunlikni tashkil etadi. Mas: „Bahor keldi va gullar ochildi“. „Dil-afroʻz chindan ham oʻzgargan. Ammo oʻktam kulgusi, quralai koʻzlarining kibrona boqishi oʻsha-oʻsha edi“ (Oʻ.Hoshimov).

Tarkibidagi predikativ birliklar (sodda gaplar) bosh va ergash holatida boʻlib, yaʼni bosh va ergash gaplardan tuzilib. ergashtiruvchi bogʻlovchilar, bir qancha feʼl shakllari, yuklama va koʻmakchilar, nisbiy soʻzlar va tobelanish ohangi yordamida birikib, biri ikkinchisini aniqlash, toʻldirish kabi vazifalarni bajaradigan qoʻshma gap turi erga sh gan qoʻshma gap yoki ergash g a p l i qoʻshma gap deyiladi. Mas: „Bir kuni koʻchada ketayotsam, Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti“ (A.Qahhor) gapida-gi, „bir kuni koʻchada ketayotsam“ qismi ergash gap boʻlib, u bosh gapdagi (Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti) ishharakatning amalga oshish payti (vaqti)ni aniqlab, uni toʻldirmoqda, predikatdagi shaklga koʻra tobe holatda turibdi. Demak, bosh gap ergashgan qoʻshma gap tarkibidagi hokim kom-ponent, yaʼni ergash gap tomonidan oʻzi yoki biror boʻlagi aniqlanadigan, ergash gap tobe boʻladigan gapdir. Mas.: „Qaysi kishi ertalab shunday mashq qilsa, u dardga chalinmaydi“ gapi ega ergash gapli qoʻshma gap boʻlib, undagi „udardga chalinmaydi“ qismi bosh gap hisoblanib, bosh gapning egasi ergash gap orqali izohlanmoqda. Yoki „Shoshish kerak emas, chunki bu yil toshqin xavfi yoʻq“ gapida esa „Shoshish kerak emas“ bosh gap boʻlib, ergash gap bosh gapdan anglashilgan harakatning sababini koʻrsatmoqda. Ergash gapli qoʻshma gap tarkibidagi tobe qism ergash gap hisoblanadi. Ergash gap bosh gapga er-gashib (tobelanib), bu gapni yoki uning biror boʻlagini qandaydir (payt, oʻrin, sabab, natija va boshqalar) jihatdan aniqlab, belgilab keladi. Oʻzbek tiliga doir mavjud darslik va qoʻllanmalarda ergash gaplar (ergash gapli qoʻshma gaplar) mazmun va vazifalariga koʻra 14 turga ajratiladi.

Qoʻshma gap va uning turlari, qoʻshma gaplarning tabiati masalalari rus va yevropa tilshunosliklari qatori oʻzbek tilshunosligida ham keng, atroflicha oʻrganilgan. Bu sohada, ayniqsa, akademik Gʻ.Abdu-rahmonov va M.Asqarovalarningxizmatlarini alohida qayd etmoq kerak. Shuningdek, A. Gʻulomov, H. Gʻoziyev, F. Kamolov, A. Azizova, H. Rustamov, E. Azlarov, A. Kononov, E. Grunina, X. Ab-durahmonov, A. Nurmonov, N. Mahmudov va boshqa ham oʻzbek tilida qoʻshma gap sintak-sisini oʻrganish va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshganlar. Keyingi yillarda (oʻtgan asrning 90-yillaridan) oʻzbek tilshunosligida qoʻshma gaplarni, umuman sintaktik hodisalarni yangicha nuqtai nazar bilan sistemaviy-struktur usulda oʻrganish boshlandi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Abdurahmonov Gʻ., Qoʻshma gap sin-taksisi asoslari, T., 1958; As qa rova M., Hozirgi zamon oʻzbek tilida qoʻshma gaplar, T., 1960; Abdurahmonov Gʻ., Qoʻshma gap sintaksisi, T., 1964; Gʻulomov A., Asqa-rova M., Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Sin-taksis, T, 1965 va 1987; As qarov M., Oʻzbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar, T., 1966; Oʻzbek tili grammatikasi, 2-j. (sin-taksis), T., 1976; Nurmonov A., Gap haqida sintaktiknazariyalar, T., 1988; Mahmudov Muxlisa 2010